Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. (Qamchibek Kenja) 2. Yo mehmon kelganini 

bilmaydi, yo bilsa ham, o'zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin) 3. Yo urug‘ aynigan, yoki agrotexnika 

qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi 

avjiga chiqadi. (Ismoil То’lак) 5.Nuri goh sevinib, shirin xayollarga boradi, goh butun vujudini qo’rquv bosardi. 

(Oybek)  6. Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.  

mashq. O'qing. Ayiruv bog'lovchilarining vazifalarini aniqlang. 



1. Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men. (A. Oripov) 2. Har kuni oqshomlarda bu 

yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu 

yoqqa g‘izillaydi. (O. Yoqubov) 3. Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo'shiqlari ijro 

qilinardi. (Qamchibek Kenja) 4. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, 

ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor) 

      


              INKOR BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR 

topshiriq. O’qing. Gaplar tarkibidagi na…, na… bog’lovchisining vazifasini tushuntiring. 



1.  Oradan  uch  kun  o’tdi  hamki,  Mahmuda  na  birovga  biron  ish  aytdi,  na  murod-u  maqsadini  surishtirdi. 

(Nabi  Jaloliddin)  2.  Ko’kda  na  bitta  yulduz  ko’rinadi,  na  undan  tushishi  mumkin  bo’lgan  bir  qatim  nur. 

(Ulug’bek  Hamdam)  3.  Unda  na  farzandlaringiz,  na  mol-u  pulingiz,  na  qulingiz  sizga  asqatadi. 

(P.Shermuhammedov)   

Bilib  oling.  Inkor  bog’lovchisi  bo’lgan  qo’shma  gap  qismlarini  bog’lash  bilan  birga,  ularda 

ifodalangan harakat-holat yoki belgining  inkorini ham  bildiradi.  Shuning  uchun bunday  bog’langan 

qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansa-

da, mazmunan inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul 

qo’yiladi. 

 mashq. Matnni o’qing, na…, na… bog’lovchisi qaysi gaplarda uyushiq bo’laklarni, qaysi gaplarda qo’shma 

gap qismlarini bog’lab kelgan. 



1.  Xuddi  birov  ko’kragimga  ming  pudli  tosh  bostirib  qo’ygandek  na  qo’limni,  na  oyog’imni  qimirlata 

olaman.  (Murodjon  Mansur) 2. Na  ko’nglimni  to’ka olaman, Na  o’g’limni  so’ka olaman.  (Iqbol  Mirzo) 3. 

Na  baqirganingni  birov eshitadi,  na  yordam  deb  chaqirganingni  o’zing  eshitasan.  (Ulug’bek  Hamdam)  4. 

Yalqov va besabr bo’lma, u senga na obro’, na baxt keltiradi. (“Hikmatnoma”dan) 5. Ilmsiz odam mevasiz 


 

yog’och kabidir: undan  na o’ziga, na  xalqqa foyda bor.  (“Otalar  so’zi”) 6. Na  tug’ilib o’sgan yurtini,  na 



qachonlardir uni yer-u ko’kka ishonmay ne orzu-umidlar ila katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na 

undagi  do’stlari-yu xojasi  Umar Xayyomni eslardi.  (Nabi Jaloliddin) 7.  Bir  hovlida yolg’iz turish noqulay 

bo’lmasmikan degan andishani na kanizak xayoliga keltirar edi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) 

mashq. Misollardagi na…,na… bog’lovchisi bilan bog’langan qo’shma gaplarni aniqlang. 



1.  Na  so’zlarida  ma’no  bor,  na  ishlarida  hayo  bor.  (Oybek)  2.  Bu  vaqt  mobaynida  u  na  yemabdi  va  na 

ichmabdi.  (Nabi  Jaloliddin)  3.  Bola  bo’lmasa,  kallayi  saharlab  ketganicha  endi  kirib  keladimi?  Na  choy 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling