Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

topshiriq. 

Berilgan gaplarni qismlarga ajrating. 1. Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi. (Abdulla 



Qahhor) 2. Mana,  sen  ketding-u,  bo'ldim  xayolkash.  (Zulfiya) 3. Yo‘lovchining  o‘zi  ichkariga  kirdi-yu,  ikki 

ko‘zi tashqarida qoldi. (Omon Muxtor) 

mashq.O'qing. Berilgan gaplardagi bog'lovchi vositalarni aniqlang. 



1.  Sarbon  shundog’  dedi-da,  quchog'ini  ochib  Abu  Bakr  tomon  kela  boshladi.  2.  To'lagan  ro‘molchasini 

cho'ntagidan  oldi  va  boshqatdan  qatladi-da,  yana  cho'ntagiga  solib  qo'ydi.  3.  Uzun  bir  yog‘och  topdi-da, 

asta  olmani  o‘ziga  tomon  «hayday»  boshladi,  ammo  olma  quvlik  qilib  yigitni  aldar,  yog‘och  uchi  tegishi 

bilanoq  suvga  bir  sho’ng’ib  yana  «qochib»  qolardi.  4.  Yo‘q,  faqat  meni  bilishmaydi,  lekin  boshqalarni, 

jumladan,  seni  ham,  yaxshi  bilishadi.  5.  Hujrasiga  qaytdi-  yu,  o'ylay  boshladi.  6.  Asalxon  e’tibor  bilan 

tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi. (Muhammad Ali)   

mashq.Gaplarni o'qing, bog'langan qo'shma gaplarni aniqlang. Sodda gaplarning o'zaro bog'lanishini 

izohlang. 

1. Gapni cho'zma, chunki hayot qisqadir. (M.Larin) 2. Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda 

qilish mumkin emas. (F. Volter) 3. Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo‘ydi. (Hakim 

Nazir) 4. Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda. (0‘.Hoshimov) 5. Umrlar o'tar-u, kitoblar 

yashar. (G‘afur G‘ulom) 

mashq. Qo'shma gaplar orasiga qavs ichida berilgan vositalardan mosini qo'yib, o'qing. 



l.Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini bilib qo‘ymoq ravo. (A. Qodiriy) 

2. Har bir narsa aqlga muhtoj, aqi (lekin, yoxud, esa) tajribaga muhtojdir. 3. Tong cho‘qqidan oshdi (biroq, 

va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova) 4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (-

yu, biroq, ammo) sho‘rlik tabiatning o‘zi bizdan bezillaydigan bo’lib qolibdi. (0‘. Hoshimov) 5. Paxta terish 

bilan bandman, (-u, ammo, yoki) butun diqqatim Muattarda. (U. Nazarov) 

 

               BIRIKTIRUV BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 



topshiriq.Biriktiruv bog’lovchisining tagiga chizing va qanday vazifa bajarayotganini ayting.  

1.  Ro‘zimatning  rangi  о‘zgardi  va  ko‘zlarida  hamisha  о’ynab  turadigan  tabassum  ifodasi  to‘satdan  yo 

‘qoldi.  (Abdulla  Qahhor)  2.  Pakana  yigit  uyning  ustun  va  devorlarini  chertib,  deraza  va  eshiklarining 

bo’yog‘ini hidlab ko'rar edi. (Abdulla Qahhor) 3. Ro'paradagi g'orning bag'ridan qora tutun ko’tarildi va и 

yerdan  yo'tal  tovushi  eshitildi.  (Oybek)  4.  Anor  so  ‘zlar  va  Zaynab  qalbi  Tol  bargiday  dir-dir  qaltirar. 

(Hamid Olimjon) 

Bilib oling. Biriktiruv bog'lovchisi qo'shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan 

qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o'rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo'shma gaplarda 

ikkinchi qism oldidan natijada so'zini qo'yish mumkin bo'ladi. Masalan, Anor so'zlar va Zaynab qalbi Tol 



bargiday dir-dir qaltirar - Anor so'zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) 

Eslab qoling. -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog'lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. 




 

mashq.  Ko‘chiring.  Qismlari  biriktiruv  bog'lovchisi  yordamida  bog'langan  qo'shma  gaplarni  aniqlab,  bu 



qismlar o'rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini ayting 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling