Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
biladi. 2. Shuni bilingki, ken да keng, tor да tor dunyo — Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplarning bosh gaplari tarkibidagi ko‘rsatish olmoshlarini toping.
mashq. Ko'chiring. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi o'rniga qo'yib, qo'shma gapni sodda gapga aylantiring.
mashq. Berjlgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o'rtasidagi farqlarni tushuntiring. 1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug'roq ne’mat yo‘q. 2.Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3.Shunga ishonch hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi 4. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do‘stlashmaydi. 5. Badanda nimaiki quvvat bo‘lsa, u tozalik va pokizalikdandir. mashq. Gaplarni ko'chiring. Ularni sodda gapga aylantiring. Qo'shma gapni sodda gapga aylantirish uchun qanday o'zgarishlar qilganingizni ayting.
KESIM ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko'rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. mashq.Ko'chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Bosh gap kesimining ifodaiar.jshini tushuntiring. 1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida- alohida ketasiz. (M.Mansurov) 2. Toleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim. (Hamid Oli.njon) 3. Muhammad Yusuf ijodining o'ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. (O.Sharafuddinov) 4. Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi. (Abdulla Qahhor) 5. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (G‘afur G‘ulom) 6. Qizig'i shundaki, shu ko'rinishiga ovozi muloyim edi. (F.Musajonov) mashq. Bosh gapning kesimi shu, shunday, shunaqa, shunda olmoshlari bilan ifodalangan to'rtta qo'shma gap tuzing. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi olmosh o'miga qo'yib qo'shma gapni sodda gapga aylantiring. masha. Gaplarni ko'chiring, ergash gapning bosh gapga bog'larnshiga diqqat qiling. 1.Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. 2. O'tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so'z odamlarning qalbini bog’lovchi zanjirdir. 3. Qisqa gap shuki, odam so'zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. 4. Donolarning o‘giti shundayki, so’zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling