Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

      1. Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr Kalaviy tomon kela boshladi. 

2. Тo‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.  

3. Bosqinchi amirlarning nazarlari ochligiga yarasha ko‘ngillari ham tor bo‘lganligidan, sovg‘a-sovrun 

yo‘sinda ularga bergan har xil tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p ko‘rindi va Movarounnahrni talash niyatidan 

qaytdilar. 

4.  Uzun  bir  yog‘och  topdi-da,  asta  olmani  o‘ziga  tomon  «hayday»  boshladi,  ammo  olma  quvlik  qilib 

yigitni aldar, yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho‘ng‘ib yana «qochib» qolardi. 

5. Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalari, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi. 

6. Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi.  (M. Ali) 

7. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga burnini jiyirib yo‘lida keta berdi. 

8. Ko‘p qizlarni ko‘z ostiga olib yuradi-yu, biroq «kamchilik» topib, ayniydi. (H. G‘ulom) 

    mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni qanday bog‘langanligini izohlang. 

      1.  Baxillik  hamma  joyda  yomonlangandir  va  dunyo  ne’matlari  cheksiz  emasdir.  Rizq  izlab  juda  uzoq 



ketmoq zaharlidir hamda rizq berguvchi doim tirik va qoimdir. 

2.  Ey  odam  farzandlari,  men  sizlarning  amallaringizni  hisoblab  borib,  qiyomat  kunida  ajrini  tamom 

berurman,  bas,  har  kim  yaxshi  amal  qilgan  bo‘lsa,  Xudoga  hamd  aytsin,  lekin  agar  yomon  amal  qilib 

borgan bo‘lsa, unda o‘zini malomat qilaversin. 

3. Olam bir daryo hamda uning qirg‘og‘i oxiratdir. Ul daryoning kemasi taqvodir. 

4.  Adovat  kishiga  uch  narsadan  yetar:  avval  kishidan  mol-dunyo  tama  qilmoq  bo‘lsa,  ikkinchi 

xaloyiqdan  izzat  va  ikrom  tama  qilmoq,  shuningdek,  xalq  o‘rtasida  ma’qul  bo‘lmoqni  tama  qilmoqdir.   

(«Hadisi qudsiy»dan) 

 

          QISMLARI OHANG YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 



 

     1-topshiriq.  Quyidagi  gaplarning  nimasi  bilan  bir-biridan  farqlanishi  va  ular  o‘rtasida  qanday  umumiy 

jihatlar borligini ayting. Qo‘shma gapning qaysi turlariga kirishini bayon qiling. 

              Bahor keldi, gullar ochildi. 



Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi. 

Bahor keldi va gullar ochildi. 

      2-topshiriq.  Quyidagi  sodda  gaplardan  bog‘langan,  ergashgan  va  ohang  yordamida  bog‘langan 

(bog‘lovchisiz)  qo‘shma  gaplar  hosil  qiling.  Ularning  qaysi  belgisi  bilan  bir-biridan  farq  qilayotganini 

ayting. Yurt tinch. Sen tinch. 

Yuqoridagi  darslarda  qo‘shma  gaplarning  doimo  ikki  va  undan  ortiq  sodda  gaplardan  tashkil  topishi, 

qo‘shma  gapni  tashkil  etgan  sodda  gaplar  uning  qismlari  ekanligi,  ana  shu  tarkibiy  qismlar  bir-biri  bilan 

ma’lum  bog‘lovchi  vositalar  yordamida  bog‘lanishi  va  qismlari  qanday  bog‘lovchi  vositalar  yordamida 

bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplarning quyidagi uch turga bo‘linishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz: 1) 

qismlari  teng  bog‘lovchilar  yoki  bo‘lsa,  esa  so‘zlari  yordamida  bog‘langan  qo‘shma  gaplar;  2) qismlari 

ergashtiruvchi  bog‘lovchilar  yordamida  yoki  bir  qismning  kesimi  nomustaqil  shaklda  turgan  qo‘shma 

gaplar; 3) qismlari maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. 

Bularning  birinchi  turi  bog‘langan,  ikkinchi  turi  ergash  gapli,  uchinchi  turi  esa  bog‘lovchisiz  qo‘shma 

gap hisoblanishini bildingiz. 

       Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida ham, ergashtiruvchi bog‘lovchi 

yordamida ham bog‘lanmasa, u holda ular bir-biri bilan ohang yordamida bog‘lanadi. Ana shunday 

qo‘shma  gaplar  ohang  yordamida  bog‘langan  qo‘shma  gaplar  yoki  bog‘lovchisiz  qo‘shma  gaplar 

deyiladi. 

      Ohang  yordamida  bog‘langan  qo‘shma  gap  qismlari  o‘rtasida  turli  xil  ma’no  munosabatlari  bo‘ladi. 

Masalan, 

Zidlik: Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi. 

Sabab: Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. 

Payt: Dalasida o‘smas tikonlar, cho‘llarida chopmas ilonlar va boshqalar. 

 

Bunday  ma’nolar  bog‘langan  va  ergash  gapli  qo‘shma  gap  qismlari  o‘rtasida  ham  mavjudligidan 



xabaringiz bor. Ana shu ma’no umumiyligi asosida bunday qo‘shma gaplar o‘zaro sinonimik munosabatda 

bo‘ladi. Masalan, 

      Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi. 



18 

 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling