Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
huzuriga odam yuborib, uni Ulug‘bekka qarshi urushga tortmoqchi bo‘ldi, lekin Abulqosim Bobur uning
yo‘liga yurmadi. 5. Sulton Abu Said esa Ulug‘bekning shaharga yaqinlashib qolganini eshitib, qamalni bo‘shatdi va Тurkiston tarafga qarab qochdi. 6. Abdullatif otasining ketidan quvmadi — uch kun Sherozda qolib ketdi. 7. Navkar yelkasini qisdi, chunki u ham bularni tanimasdi. Otliqlar bilan ro‘baro‘ bo‘lishganda ulardan biri «chu» deb otiga qamchi bosdi va yo‘l ustiga chiqdi, so‘ng otdan tushib ikki bukilib mirzo Abdulazizga salom berdi. (B. Ahmedov) QO‘SHMA GAP QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSIТALAR VA QO‘SHMA GAP ТURLARI Bog‘langan qo‘shma gap topshiriq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga va, go‘yo, shuning uchun bog‘lovchilarini qo‘ying. Bog‘lovchilarning o‘zgarishi qanday qo‘shma gaplarni hosil qilayotganini ayting. Bahor keldi... yasandi dunyo.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro quyidagi grammatik vositalar yordamida bog‘lanadi: 1. Bog‘lovchilar: a) teng bog‘lovchilar (va, hamda; ammo, lekin, biroq; yo, yo... yo, dam... dam... va boshq.); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar (shuning uchun, chunki,-ki va boshq.) 2. Bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari va -u (-yu),-da yuklamalari. 3. Ohang: Qor yog‘di — rizq yog‘di. Juda muhim. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro qanday bog‘lovchi vositalar yordamida grammatik bog‘lanishga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari teng bog‘lovchilar: bo‘lsa, esa so‘zlari, -y(u), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. 2. Ergash gapli qo‘shma gaplar qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qismlari ohang yordamida bog‘lanadi. Qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari -y(u), -da yuklamalari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, sodda yoki qo‘shma gap ekanligini tushuntiring. Har kimni bilay desang, so‘zini o‘rgan,
paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea, hodisa, harakatni ifodalovchi qo‘shma gaplarga ajrating. Matnni ko‘chirib, ulardagi bog‘lovchi vositalarning tagiga chizing. 1. U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu, muvozanatini saqlay olmay o‘tirib qoldi. 2. Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarning birontasiga ishonmaydi. 3. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. 4. Shu bilan maslahat tugadi-yu, byuro boshlanish bilan birinchi bo‘lib Ertoyev so‘zga chiqdi. 5. Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 6. Тo‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 7. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O.Yoqubov) mashq. Bog‘langan qo‘shma gaplardagi bog‘lovchi vositalarni aniqlang, ularning qanday sintaktik va |
ma'muriyatiga murojaat qiling