Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
supurdilar) 2.Qo'shma gap qismlari orasida o'xshatish, zidlash, shart
kabi munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi (Hamal keldi - amal keldi). 3. Qo'shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo'yiladi (Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz). 4. Qo'shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo'lmagan yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo'llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi (Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi; irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi). (Abdulla Qahhor) mashq. Ko'chiring. Qo'shma gap qismlari o'zaro qanday bog'langaniga va ular qanday tinish belgisi bilan ajratib yozilayotganiga e’tibor bering.
mashq. Qo'shma gapni qismlarga ajrating. Qismlari o'rtasiga vergul qo'yilish sababini ayting. 1.Yaxshi о g“il — el obro'si, yaxshi qiz — uy obro'si. (Maqol) 2.Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. (Hamid Olimjon) 3. Sidiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. (Abdulla Qahhor) 4. Sabr bila bog'liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko‘p toyilur. (Alisher Navoiy) mashq Ko'chiring. Qo'shma gapdagi tinish belgilarining qo'yilish sababini izohlang. 1.Kampirning jig'i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla Qahhor) 2. G‘animlar duch kelar — jang bo‘lar puxta. (A. Oripov) 3. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A Oripov) 4. Oyim endi o'rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. (O'.Hoshimov) 5. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo'llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi... (Abdulla Qahhor) 6. Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi — yiailadi kishi. (Abdulla Qahhor)
QO'SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farqlanayotganini izohlang. 1.Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2.Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. 3.Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular o‘zaro qanday farqlanayorganini izohlang. 1. Yurt tinch — sen tinch. 2.Yurt tinch — shuning uchun sen tinch.. 3.Yurt tinch-u, sen tinch. Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko'ra ular bir-biriga ma’nodosh bo'la oladi. mashq.Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni bog'langan va ergashgan qo'shma gapga aylantiring. 1.Qor yog‘di — don yog'di. (Maqol) 2. Sir ko p olam qa’rida, Mo'jizaga kon olam. (Usmon Azim) 3. Ayrilganni ayiq yer, Bo'linganni bo‘ri yer. (Maqol) 4. Yurgan daryo — o'tirgan bo yra. (Maqol) Namuna: Qor yog’di — don yog'di — Qor yog'di, goyo don yog‘di — Qor yog'di-yu dor yog'di. mashq. Gaplarni o'qing, bog'lovchisiz qo'shma gaplarni bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarga aylantiring. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling