Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

shunchalikka bordiki nechun kurashayotganini nechun o‘z hayotini tahlika ostiga solayotganini nechun qon 


20 

 

to‘kilayotganini ham bilmay qoldi. (S. Ahmad)  

 

ERGASHТIRUVCHI BOG‘LOVCHILI QO‘SHMA GAPLAR BILAN SODDA GAPLAR 



 

 

SINONIMIYASI 



   topshiriq. Quyida berilgan qo‘shma gaplarni uning o‘ng tomoniga sodda gapga aylantirib yozing. 

           1. Shuni unutmaginki, sen kelajagi buyuk davlat farzandisan. 



  2. Nomarddan yordam so‘rama, chunki u bir kuni yuzingga soladi. 

  3. Kim mehnat qilsa, u rohat ko‘radi. 

 

Yuqorida  keltirilgan  qo‘shma  gaplar  bilan  ularning  o‘ng  tomonidagi  sodda  gaplar  bir  xil  ma’noni 



ifodalaydi,  shuning  uchun  ular  bir-biri  bilan  sinonimik  munosabatda  bo‘ladi.  Qo‘shma  gapda  ma’no 

ta’kidlandi. 



mashq. Quyidagi sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.  

      Namuna: Yaxshi oshini yeydi. Kimki yaxshi bo‘lsa, u doimo oshini yeydi. 



1. Qalbingizga quloq tuting. 2. Kamtarga kamol. 3. Kitob — bilim manbayi. 3. Do‘stsiz bosh, tuzsiz osh. 

4.  Hech  kimga  hasad  tutma.  5. Baxtsizlikning  belgisi  nodonlikdir.  6.  Yalqovlik  —  muhtojlik  eshigidir.  7. 

Sukut — salomatni, yaxshilik — izzat va obro‘ni, saxiylik — ulug‘likni  keltiradi.  8. Jafo chekmagan odam 

vafo qadrini bilmaydi. 9. Egri ishning soyasi ham egri bo‘ladi. 

 

                         HAVOLA BO‘LAKLI QO‘SHMA GAPLAR VA ULARNING ТASNIFI 

 

   topshiriq.  Quyida  berilgan  gapdagi  nuqtalar  o‘rniga  mos  keladigan  so‘zlar  qo‘yib  gap  tuzing.  Bosh  va 



ergash gapda bir-birini taqozo etib turgan so‘zlarni belgilang. 

              1) Kim . . . . . . . .-sa, u . . . . . . . . . .-di. 



2) Kim . . . . . . . .-sa, uni . . . . . . . .-di. 

3) Kimki . . . . . .-sa, unga . . . . . . . -di. 

4) Kim. . . . . . . . -sa, uning . . . . . .-di. 

      Esda  saqlang.  Qo‘shma  gap  tarkibida  faqat  ergash  gapgina  bosh  gapga  ma’lum  bog‘lovchi 

vositalar  yordamida  bog‘lanib  qolmaydi.  Ko‘pincha  bosh  gap  tarkibida  ham  ergash  gapni  taqozo 

etadigan,  uning  mavjud  bo‘lishiga  ishora  (havola)  qiladigan  ko‘rsatish  olmoshlari  ishtirok  etadi. 

Ergash gap shu olmoshning ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi. 

    MasalanShunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Тoleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. 

Kim ko‘p kitob o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi. 

    Havola  bo‘lakli  qo‘shma  gaplarda  havola  bo‘lak  qanday  gap  bo‘lagi  vazifasida  kelsa,  ergash  gap  ham 

shunday gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi. 

    Eslab qoling. Yuqoridagi gaplarda shunday, shulki, o‘sha bo‘laklarining mazmuni ergash gap orqali 

izohlanadi.  Ular  ergash  gapga  ishora  qiladi.  Shuning  uchun  bunday  bo‘laklar  havola  bo‘laklar 

sanaladi. Bunday bo‘laklar qatnashgan qo‘shma gaplar esa havola bo‘lakli qo‘shma gaplar deyiladi. 

 

Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga havola bo‘lakdan tashqari, -ki va -sa shakllari 



yordamida bog‘lanadi. Bulardan -ki bosh  gap kesimi oxiriga, -sa esa ergash gap kesimi oxiriga qo‘shiladi. 

Solishtiring: 

      1) shu ... -ki, ... -di 

2) kim ... -sa, ... -di 



mashq. Ko‘chiring. Bosh va ergash gapda bir-birini  taqozo etib turgan so‘zlarning ostiga chizing. 

  1. Kimning himmati baland bo‘lsa, uning qadr-qimmati ham baland bo‘ladi. 2. Kimki odob o‘rgatsa, uni 




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling