Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/91
Sana05.01.2022
Hajmi0,75 Mb.
#218371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

 

          ERGASHТIRUVCHI BOG‘LOVCHILI QO‘SHMA GAPLAR VA ULARNING ТASNIFI 

 

           topshiriq. Quyida berilgan gaplarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ayting. 



             Qo‘ng‘iroq chalindi va 

Qo‘ng‘iroq chalindi, shuning 

dars boshlandi. 

uchun dars boshlandi. 

Esda saqlang. Qismlari o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchi yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi 

so‘zlar yordamida tobe bog‘langan qo‘shma gaplarga ergash gapli qo‘shma gaplar deyiladi.  

 

Ergash  gapli  qo‘shma  gaplar  bosh  va  ergash  gaplardan  tashkil  topadi.  Mazmuni  izohlanayotgan  qism 



bosh  gap,  bosh  gap  mazmunini  izohlaydigan  va  ko‘pincha  tobe  shaklda  turgan  qism  esa  ergash  gap 

sanaladi. Ergash gap bosh gap talab etgan ma’lum so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan, Men xursandman, (nima 

sababli), chunki sen maqsadingga yetding

mashq. Gaplarni o‘qing. Ergash gapli qo‘shma gaplar  qanday qismlardan tashkil topganini izohlang. 

       1. Alam qiladigan joyi shundaki, mening «qavmlarim» – tarjimonlar ham tilni bulg‘ashda tobora xuruj 

qilmoqdalar. 2. Mushukni tomdan tashlasangiz ham, yerga muallaq bo‘lib, chirpirab qulamaydi, balki to‘rt 

oyog‘i bilan tushadi. 3. Oqilona narx-navo tayin qilinsa, birgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, paxta bilan 

pillaning  o‘ziyoq  jumhuriyatni  bemalol  boqa  oladi.  4.  Shunisi  borki,  bu  yerda  ichkilik  borasida  «qatron 

qonuni»  juda  qattiq  qo‘yilgan.  5.  Shuni  unutmangki,  quyosh  hammaga  baravar  nur  sochadi.  6. Illat 

quritilsa,  o‘sha  illatning  o‘zi  boshqa  joydan  tag‘in  nish  urib  chiqaveradi.  7.  U  yog‘ini  so‘rasangiz, 

burchdorlik joyim ham bor.  

mashq. Ko‘chiring. Ergash gapli qo‘shma gaplarni topib,  ergash gaplarning ostiga to‘lqinli chiziq chizing. 

   


     1.  Mol-u  dunyosi  ko‘p  bo‘lgan  kishi  boy  emas,  balki  isrofdan  saqlanib  iqtisod  tejamini  bilgan  kishi 

boydir, shuning uchun foydasiz yerlarga va yaramas ishlarga bir tiyin ham sarf qilmang. 2. Bir narsani bir 

yo‘la  ko‘proq  olib  qo‘ymang.  Agar  zarur  bo‘lganligi  sababli  nasyaga  olgan  bo‘lsangiz,  pulini  tezroq 

topshiring.  Qarzdor  bo‘lmang,  odamni  bevaqt  qaritadigan  narsalarning  birisi  ham  qarzdir.  3.  Kirim-

chiqimlaringizni bir daftarga yozib, bu daftarni hamma vaqt ko‘zdan kechirib turing, chunki bunday daftar 

iqtisod va tadbir o‘lchovidir. Cho‘ntakdan chiqqan pullarni hisoblab turgan kishi keraksiz yerlarga pul sarf 

etishdan o‘zini saqlaydi. 4. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, 

qayg‘u keltiradi.  

   mashq. Тinish belgilarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 

    1.  Bir  ko‘rmasam  ko‘nglim  allanechuk  bo‘lib  ketadi.  (S.  Ahmad)  2. Shunday  berilib  ishladiki  go‘yo 

Bo‘tako‘zda  uning  o‘zidan  boshqa  kimsa  uning  cho‘tidan  boshqa  hayot  yo‘qday.  (I.  Rahim)  3.  U  shunday 

og‘ir  xayollar  bilan  charchoq  qadam  tashlab  vokzaldan  eski  shaharga  jo‘narkan,  kimdir  uning  yelkasiga 

qo‘lini qo‘ydi. (S. Ahmad) 4. Hayotda baraka rohat mo‘l chunki ishchi bilan dehqon qondosh-qarindosh (S. 

Zunnunova) 5. G‘o‘za chopig‘iga ketgan kishilar qaytib kelgandan keyin hamma yerda ish juda qizib ketdi. 

(A.  Qahhor)  6.  Agar  shisha  siniq  bo‘lsa  ham  u  birovniki  bo‘lsa  xiyonat  qilma  (A.  Qahhor)  7.  Тurobjon 

eshikdan  hovliqib  kirar  ekan  qalami  yaktagining  yengi  zulfinga  ilinib  tirsakkacha  yirtildi.  8. Oxiri  u 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling