Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

ketdilar.(O.Yusupov)  4.  Saodat  ko’pdan  beri  ashula  aytmagan  edi,  shuning  uchun  ham  u  jaranglagan 

ovozlarga  qo’shlib  ashula  aytgisi  keldi.(I.Rahim)  5.  0‘zimiz  juda  cho‘llab  kelgan  edik,  shuning  uchun 

kechirdik. {Abdulla Qodiriy) 

mashq. Gaplarni ko'chiring. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishiga diqqat qiling. 



1.Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo'l. 2. Ilmsiz inson 

— mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar saflda bo'lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarining 

zo'ridir,  shu  sababli  yoshlikdan  ilm  olish  payida  bo‘l.  4.  Qog‘ozga  tushirilmagan  ilm  unutilib  ketadi, 

shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlaiga yozib qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo'llovchi 

mash’al, shu tufayli uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta. («Otalar so'zi») 

 

                    DEB SO‘ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR 



topshiriq. 

Gapni ko'chiring, sodda yoki qo'shma gapligini aniqlang. 



Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. («Uch og'a-ini botirlar») 

Bilib  oling.  Bosh  gapda  ifodalangan  mazmunning  maqsadini,  sababini  bildiruvchi  ergash  gaplar  bosh  gapga 

ko'pincha  deb  so‘zi  yordamida  bog'lanadi.  Ergash  gaplarning  kesimi    buyruq  va  shart  maylidagi,shuningdek, 

kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o’tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda esa, 

ko’proq sabab ma’nosi anglashiladi.   

mashq.  Ko'chiring.  Ergash  gapni  bosh  gapga  bog'lovchi  vositani  va  ergash  gapning  qanday  ma’no 

bildirayotganini aniqlang. 

1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo'lingga (Hamid Olimjon) 2. Shu mo'jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne 

aziz  zotlarga  yondoshdim  gohi.  (A.Oripov)  3.  Kamalakdek  rango-rang  Bo'lsin  deb,  san’at,  tillar,  Asrlarcha 

qildim  jang.  (E.  Vohidov)  4.  Sen  otash  ichida  urasan  javlon,  Dushman  qolmasin  deb  sevgan  elimda.(Hamid 

Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. (Hamid G'ulom) 

 

                         SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR 



 

topshiriq. 

Berilgan qo'shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang. 

Alpomishga alla aytgan momolarim, 

Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim!  (Muhammad Yusuf) 

Bahor osmonida chaqnasa chaqin, 

Ko’ksingdan otilar olovli nafas. (A.Oripov) 

Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo'shimchasi 

ergash gapni bosh  gapga  bog'lovchi  vosita ham sanaladi. Bunday  ergash  gaplar bosh gapda ifodalangan  maz- 

munning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan 

ajratiladi. 

mashq.  Ko'chiring,  bosh  va  ergash  gaplarni  aniqlang.  Ergash  gapning  bosh  gapga  qanday  bog'lovchi  vosita 

yordamida bog'lanayotganini ayting. 

1.Yerga  mehringni  bersang,  u  senga  rizq  beradi,  seni  to‘ydiradi.  (E.  Samandar)  2.  Yomon  bo‘lar,  agar  ko‘z 

yoshing  tugab  qolsa,  kelgunicha  baxt.  (Shavkat  Rahmon)  3.  Esli-hushli  do‘stlaringiz  bo‘lsa,  biznikiga  olib 

kelarsiz. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kasov otsang, ukalaringnikiga 

ketib qolaman. (Said Ahmad) 

mashq.  Siz  ham  tabiatni  kuzatganmisiz?  Agar  kuzatgan  bo'lsangiz,  bu  haqda  o'z  fikr-mulohazalaringizni 

bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating. 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling