Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

bo'ladi. 

Bilib oling. Ergash gap tarkibida qo'llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so'roq olmoshlari va 

bosh gap tarkibida unga javob bo'lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga 

nisbatan qo'llanganligi, bin ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so'zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi 

shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. 

mashq. Ko'chiring. Bosh va ergash gaplardagi o'zaro nisbatlanayotgar so'zlarni toping. 



1.Siz Hindistonda neniki ko'rgan bo'lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog'ingiz darkor. 

(A.Qayumov) 2. Qalandarov

yugurdagini «Eshon hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo'lsa, hujrani ko'rib shunchalik 

ta’bi tiniq bo'Idi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimning ko'ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g‘ri 

bo'ladi. (Maqol) 4. Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘Isa, demak, u haqiqiy 

mo'mindir. (Hadis) 5. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho‘lpon, hozir o‘l, Kimki qasd etsa anga kiysin 

pushaymondin kafan! (Cho‘lpon) 

mashq.  Ko'chiring. Bosh va ergash gapiardagi o'zaro nisbatlanayotgan so'zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi 

nisbatlanayotgan ko'rsatish olmoshining qaysi gap bo'lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. 

1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o'shaniki bo‘ladi. (0‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi 

ko'rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh 

qazisa, o’zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo'lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 5. 

Nima ro‘zg‘orga kerak bolsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u 

shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi (Hadis) 

mashq.Gaplarni ko'chiring, nisbiy so'zlarni aniqlang va ularning gapdagi vazifalarini tushuntiiring. 



1. Kimning aqli ko‘p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko‘p bo'ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish 

tutsa, u o’z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, о’sha narsani boshqalarga ham ravo 

ko'rma. 4. Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo'lsa, uning nafasi hech qachon bo



g‘ilmaydi. 5. Kimning ichi 

nog‘ora singari bo‘sh bo'lsa, uning behuda so’zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi («Mashriqzamin — 

hikmat bo ‘jtoni» kitobidan) 

mashq.Nisbiy  so'zli  qo'shma  gaplarni  o'qing.  Bosh  gap  tarkibidagi  nisbatlanayotgan  olmoshning  qaysi  gap 

bo'lagi vazifasida kelayotganini va shunga ko'ra ergash gapning turini ayting. 

1.Kimki samimiy va pokdil bo'lsa, uning ishlari o'ngidan kelaveradi. 2.Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang,el 

seni shunchalik e’zozlaydi.3.Qaysiki narsaga o‘z mehnating bilan erishsang, o‘sha narsa sen uchun qadrlidir. 4. 



11 

 

Kimning  yuragida  o‘t-olov  bo‘lsa,  o‘sha  odamlarning  ishlarida  tashabbus  bo'ladi.  5.  Qayerda  ahillik  bo'lsa, 



o'sha yerda yutuq bor. 

 

                 ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI 



Bilib oling. Tarkibida ko'rsatish olmoshi mavjud bo'lgan ergashgan qo'shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan 

ma’nodosh bo'la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo'lagi 

o'rniga qo'yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko'p o'qisa, и ko'p biladi - Ko'p o'qigan ko‘p 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling