Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg'aysa, kuz erta keladi. 2.Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor
gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg’och pastlab uchsa, yog'ingarchilik bo'ladi. 4. Chinnigul o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg'ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish qattiq keladi. mashq.Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bush gapga bog'lovchi vositalarni ayting. 1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. (« Tafakkur gulshani») 3.Ichlari achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan. (Maqol) KO‘RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR topshiriq. Ko'chiring. Qo'shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ко ‘ramiz. (Parda Tursun). 2. Shunga aminmanki, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma’rifat») 3.Umidimiz shuki, Sizlar 10
Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo'llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi. mashq. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshini aniglang. 1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G‘ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta past bo‘ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab bo’lmaydi.(A.Suyun) 5. Aybingiz shuki, juda ko'ngilchansiz. (Z.Saidnosirova) 6. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy) mashq. Gaplarni ko'chiring, bosh gap tarkibida keigan ko'rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring. 1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. 2.Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, seijahl boshda aql bo‘lmaydi. 4.Shundan ehtiyot bo lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo'lmasin. 5.Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo'ladi. («Sharq hikmatlari»dan) mashq. Qo'shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarr bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi o'rnida keltirib, qo'shma gapni sodda gapga aylantiring.
NISBIY SO'ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan gapiar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 1. Kim harakat qilsa, и baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ко‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el о‘rtasidagi martabasi ulug‘
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling