Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1.Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo’lida yig‘layotgan chjqaloqlar birdan yupanadi-qoladi. (Murod
Muhammad Do‘st) 2. Ot xo‘rsinsa, bir falokat yuz beradi. (Said Ahmad) 3.Piyoladan bug’ chiqib turmasa, choy ichganday bo’lmayman. 4. Majlis vaqtida boshlanmadi, chunki rais ushlanib qoldi. (Omon Maxtor) 5. Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. (U. Nazarov) mashq.
O'qing, ergashgan qo'shma gaplarni topib ko'chiring. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni aniqlang. 7
unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. 3.Kimda aql oz bo‘Isa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4.Qo'rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga shunday jimlik cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (0‘. Hoshimov)
Bilib oling. Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bo'Iishidan qat’iy nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Eslab qoling. Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so'zlar nechta bo'lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan - hokim va tobe so'zlardan tashkil topadi. mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash gap ekanligini aniqlang.
mashq. Matnni o'qing, bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Shuni bilingki, bitta so'zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir.2. Inson qanchalik kamtar bo'lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir. 3.Kimning yuragida yaxshilik bo'lsa, u doimo boshqalarga yaxshilikni ravo ko'radi. 4. Hamisha to‘g‘rilar yonida bo'linglar, chunki ular hech qachon sizni noto‘g‘ri yo‘lga boshlamaydi. 5. Til tinch bo'lsa, bosh salomat bo'ladi. («Otalar so‘zi») mashq. Maqollarning tushirib qoldirilgan qismini tiklang va qo'shma gapni izohlang, bog'lovchi vositalarini tushuntiring. 1.Ona yurting omon bo‘lsa,... 2. Ish quroling soz bo‘lsa,... 3. Bimi kessang,... 4. Er boshiga ish tushsa,... 5. Qozonga yaqin yursang,... 6.Yaxshi bilan yursang,... ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG'LOVCHI VOSITALAR
Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog'lanadi: 1) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 2) ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so'zlar (kim-o‘sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so'zi va boshqalar. mashq. O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling