Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1. Soni ko
; p, lekin salmog'i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapmiz. (Olimjon Xoldor) 5. Termometr hamshiraning qo'lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 6. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba'zilar podalari izidan cho‘lga qarab ketdilar. (Sh.Xolmirzayev) mashq.Gaplarni o’qing, zidlov bog'Iovchilarini topib, ularni izohlang. 1. To'g'ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so’z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati — farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do’st yomon kuningda asqotadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har kimning zari bo‘lmasa-da, hunari bo‘lsin. (« Hikmatnoma»dan) mashq. Gaplarni o'qing, zidlov bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplarni aniqlab, ularni izohlang.
5
ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy) 4.0‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay) mashq. Zidlov bog'lovchilarini toping. Ular o'rniga -u (-yu), -da yuklamalarini qo'ying. 1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‘qidi, ammo xayoli boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (0‘. Hoshimov) 3. Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev) 4. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turaidi. (Mirmuhsin)
AYIRUV BOG'LOVCHILARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan gaplarni ko'chiring, qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 1.Yo siz keling, yo men boray. (Qo'shiq) 2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek) 3. Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. (Oybek) Bilib oling. Ayiruv bog'lovchilari qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ularda ifodalagan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog'lovchisi yolg'iz holda ham, takror holda ham qo'ilanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog'lovchilari takror holda qo'llaniladi va yozuvda takror qo'llanayotgan bog'lovchidan oldin vergul qo'yiladi. mashq. O'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni va qismlar о’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni aniqlang. 1. Uzoqlardan keng vodiy quchog'ida goh ko‘m-ko‘k o‘t bosib yotgan yaylovlar ko'rinadi, goh qop-qorong'i daralar ko'zga tashlanadi. (Oybek) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (Oybek) 3. Mashinaning nuqsoni bo'lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog'i yasaladi. (Abdulla Qahhor) 4. Yo zardo’zi to'ning to'zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov) mashq. Ko'chiring, qo'shma gap qismlarini bog'iovchi vositalarni aniqlang va ular o'rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling