Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. (Qamchibek Kenja) 2. Yo mehmon kelganini
bilmaydi, yo bilsa ham, o'zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin) 3. Yo urug‘ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. (Ismoil То’lак) 5.Nuri goh sevinib, shirin xayollarga boradi, goh butun vujudini qo’rquv bosardi. (Oybek) 6. Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. mashq. O'qing. Ayiruv bog'lovchilarining vazifalarini aniqlang. 1. Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men. (A. Oripov) 2. Har kuni oqshomlarda bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi. (O. Yoqubov) 3. Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo'shiqlari ijro qilinardi. (Qamchibek Kenja) 4. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor)
INKOR BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR topshiriq. O’qing. Gaplar tarkibidagi na…, na… bog’lovchisining vazifasini tushuntiring. 1. Oradan uch kun o’tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na murod-u maqsadini surishtirdi. (Nabi Jaloliddin) 2. Ko’kda na bitta yulduz ko’rinadi, na undan tushishi mumkin bo’lgan bir qatim nur. (Ulug’bek Hamdam) 3. Unda na farzandlaringiz, na mol-u pulingiz, na qulingiz sizga asqatadi. (P.Shermuhammedov) Bilib oling. Inkor bog’lovchisi bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog’langan qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansa- da, mazmunan inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. mashq. Matnni o’qing, na…, na… bog’lovchisi qaysi gaplarda uyushiq bo’laklarni, qaysi gaplarda qo’shma gap qismlarini bog’lab kelgan. 1. Xuddi birov ko’kragimga ming pudli tosh bostirib qo’ygandek na qo’limni, na oyog’imni qimirlata olaman. (Murodjon Mansur) 2. Na ko’nglimni to’ka olaman, Na o’g’limni so’ka olaman. (Iqbol Mirzo) 3. Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o’zing eshitasan. (Ulug’bek Hamdam) 4. Yalqov va besabr bo’lma, u senga na obro’, na baxt keltiradi. (“Hikmatnoma”dan) 5. Ilmsiz odam mevasiz 6
qachonlardir uni yer-u ko’kka ishonmay ne orzu-umidlar ila katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na undagi do’stlari-yu xojasi Umar Xayyomni eslardi. (Nabi Jaloliddin) 7. Bir hovlida yolg’iz turish noqulay bo’lmasmikan degan andishani na kanizak xayoliga keltirar edi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) mashq. Misollardagi na…,na… bog’lovchisi bilan bog’langan qo’shma gaplarni aniqlang. 1. Na so’zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek) 2. Bu vaqt mobaynida u na yemabdi va na ichmabdi. (Nabi Jaloliddin) 3. Bola bo’lmasa, kallayi saharlab ketganicha endi kirib keladimi? Na choy Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling