Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
1.U har uch qadamda bir to'xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu
muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho'zilib tugunni oldi. 3.Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo'ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O. Yoqubov) mashq.Matnni o'qing. Biriktiruv bog'lovchilarini topib, ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring. Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda yashagan va uning dovrug'i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-dubulg‘asiz, qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo‘shini hamisha g alaba qilarkan. Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga qalqon, sovut yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «— Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!»— deyishibdi. Sarkarda bir xo’rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, dubulg‘a edi. Endi u kishi yo‘qlar...» mashq.Nuqtalar o'rniga bog'lovchllardan mosini qo'yib ko'chiring. 1. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko'pirar tomirlarda qon... portlar hademay bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom) 3. Kuzning O’rtalarida havо bir- ikki daf’a aynidi.., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh.Xolmirzayev) 5. Bu yerda uzumzor va yong'oqzorlar ko‘p edi, ... tog‘ manzarasi ham boshqacha edi.
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Gaplar tarkibidagi zidlov bog'lovchilarini topib, ularning vazifalarini ayting. 1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ко‘klam biroz noqulay keldi. (Oybek) 2. Gul to‘g'risida yozganini ко‘rganim yo‘q, lekin paxta haqida ko’p yozadi. (Abdulla Qahhor) 3.Yo‘lning ikki chetidagi g‘alla tovlanardi, ammo ular о‘tgan yillardagi kabi baland emas edi. (Oybek) 4. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said Ahmad) Bilib oling. Zidlov bog'lovchilari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog'lovchilari qo'shma gapning ikkinchi qismi boshida qo'llanadi va qo'shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. © Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlash, ketma - ketlik munosabati mavjudligini bildiradi. mash.Zidlov bog'lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa bajarayotganini ayting. I. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo'yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O'xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni, biroq O'tmishingni o'ylayman bir zum. (A. Oripov) mashq.Zidlov bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini almashtirish mumkin bo'lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling