Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

ichibdi,  na  non  olibdi.  (Murodjon  Mansur)  4.  Uning  kelganini  na  Qurbon  ota  payqadi,  na  Sidiqjon. 

(A.Qahhor) 5. Na xotini, na Saksonboy aka, na o’zi o’g’lini taniy olishdi. (O’.Umarbekov) 6. Na ovqat yeb 

yolchitmadi, na paxta terib. (U.Hamdam) 

Mashq.       



1. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo’ydi. (O’.Umarbekov) 2. Bu burgut ham ko’r, ham qari. Na 

ucha  oladi,  na  ko’ra  oladi.  (O’.Umarbekov)  3.  Na  bironta  odamning  sharpasi  ko’rindi,  na  bir  shitirlagan 

tovush eshitildi. (O’.Umarbekov) 4. Na unga, Begimqulga kulib boqadi, na o’zi o’ynab-kuladi. (O.Yoqubov) 

5.  “Tinchlikmi,  yo  mendan  xafamisiz,  na  telefon  qilasiz,  na  ko’rinish  berasiz?”  –  deb  o’pkaladi.  (Ahmad 

A’zam) 6. Birovga na dardini aytardi, na quvonchini sezdirardi. (Said Ahmad) 

 

                      BO'LSA, ESA SO‘ZLARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR 



topshiriq. O’qing. Qo’shma gaplarni qismlarga ajrating. Bo‘Isa, esa so‘zlarining vazifasini aniqlang. 

1.  Rejadagi  zarur  ishlarni  amalga  oshirishga  vaqt  yetkaza  olmayapman,  sen  bo‘lsang  faqat  dam  olaylik 

deysan. («Gulxan») 2. U kim bo‘Isa bo’lsin, men esa arxitektor bo‘laman. («G‘uncha») 

Bilib  oling.  Bo'lsa, esa  so'zlari  bog'langan  qo'shma  gap  qismlarini  bog'lash  bilan  birga,  ular  o'rtasida 

qiyoslash  va  zidlash  munosabatimavjudligini  ifodalaydi.  Bo'lsa,  esa  so'zlari  qiyoslanuvchi  bo'lakdan 

so'ng keladi. 

mashq.Gaplarni o'qing, bog'lovchi vositalarni izohlang. 

1. Tovus  o'zining chiroyli patlarini  ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa о zining  sharaf-u shonini saqlaydi.  2. 

Egrilik  insonni  qabohatga  yetaklaydi,  tog'rilik  bo'lsa  uni  saodatga  boshlaydi.  3.  Yaxshilik  qilmoqlik  ulug‘ 

fazilatdir, Buning qadriga yetmaslik esa illatdir. 4. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. 5. To‘g‘ri til tosh 

yoradi, egri til esa bosh yoradi. 6.Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan esa dog‘ qoladi. 

mashq. Gaplarni o'qing, bo'lsa, esa so'zlarining gapdagi vazifalarini tushuntiring. 



1. Jahl — dushman, aql esa do'stdir. 2. Dono aybni o'zidan axtaradi, ahmoq bo'lsa do stini ayblaydi. 3. Aql 

ко’pga  yetkazadi,  hunar  bo’lsa  insonni  ko'kka  ko'taradi.  4.  Rostgo‘ylik  odamni  kamolotga  yetaklaydi, 

yolg‘onchilik esa uni halokatga olib boradi. 5. So'zning yumshog'i g‘azabni so'ndiradi, so'zning qattig‘i esa 

odamni о’ldiradi. 

                 ERGASHGAN QO'SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT 

Bilib  oling.  Qismlari  ergashtiruvchi  bog'lovchilar  yoki  shunday  bog'lovchi  vazifasidagi  so'zlar 

yordamida bog‘langan qo'shma gaplar ergashgan qo'shma gaplar hisoblanadi. 

topshiriq. 

Berilgan gap qismlaiining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langanini aniqlang. 



1.  Olim  bo‘Isang,  olam  seniki.  (Maqol)  2.  Kamtar  bo‘I,  chunki  kamtarlik  insonni  kamolotga  boshlaydi. 

(«Tafakkur gulshani») 

mashq.Gaplarni o'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlab, qo'shma gap turini ayting. 



1. Agar qiz bo'lsang, otingni Kimsanoy qo'yaman, agar o‘g‘il bo'lsang, Kimsanboy qo‘yaman. (Said Ahmad) 

2.  Men  bilgan  yovuz  kishilar  u  yerda  bor,  shuning  uchun  men  bormayman.  (Omon  Muxtor)  3.Hunar  ado 

bo'lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog'ingdan boshlab biron-bir hunami о rganish payida bo‘l. 4. Chin 

do‘st yurakdan so'zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so'z qilichdan o‘tkir, 

shuning uchun hamisha rost so'zlashga odatlan. 

mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositaiarni aniqlang. 




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling