Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
Kishida odob bo'lsa ilm ham bo'lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi.
Odobli odam tabibga о’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer oaxt maskanidir. («Sharq hikmatlaridar») Bilib oling. Ergashtiruvchi bog’lovchilar o’zining ma’nosiga mos ravishda ergash gapga sabab, maqsad, shart, o’xshatish kabi ma’nolarni beradi. Shuning uchun ergash gapli qo’shma gaplar “sabab ergash gapli qo’shma gaplar”, “maqsad ergash gapli qo’shma gaplar” kabi mazmuniy turlarga ham bo’linadi. mashq. Gaplarni o’qing. Ergash gaplarda bog’lovchi vositalar ma’nosiga muvofiq ifodalangan mazmunni izohlang. 1. Biz shu yo’lga sodiqmiz, chunki boshqa yo’l yo’q. (Sh.Xolmirzayev) 2. U Mingbuloqqa kelganidan xursand, shuning uchun xayollari ham Mingbuloqdek tiniq edi. (O’.Umarbekov) 3. Agar gapim noto’g’ri bo’lsa, isbotlab bersinlar. (A.A’zam) 4. Agar o’zingda xohish tug’ilsa, taklifimni qabul qilishing mumkin. (T.Malik) 5. Biz xonalar keng bo’lsa deymiz, toki xastalar toza havoga muhtoj bo’lishmasin. (T.Malik) 6. Atrofga sokinlik cho’kdi, go’yo butun shahar, butun o’lka oromga berilgan edi. (T.Malik) 7. Ko’zlari yarim yumuq, go’yo kattaroq ochishga majoli yo’q. (Bahodir Murod Ali) mashq. Gaplarni o’qing. Ergash gaplarda bog’lovchi vositalarni aniqlang. 1. Bu yil cho’llarda o’t mo’l, chunki yomg’ir ko’p yog’di. 2. Kitobni bir kunga olgan edim, shuning uchun uni shu kechasidayoq o’qib chiqdim. 3. Choyni damlaganimga ancha bo’ldi, shuning uchun sovib qolgan bo’lsa kerak. 4. Sinfimizda hamma bir jon-u bir tan, shuning uchun bizda qoloqlar yo’q. 5. Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi. mashq. Gaplarni o’qing. Qo'llangan va qo'lanmagan shart bog'lovchilarini aniqlang, ular qo'llanganda yuzaga keladigan ma’no kuchayishiga diqqat qiling.
KO'MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR Ф
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko'makchili qurilmalar vositasida bog'lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. mashq. O’qing. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni aniqlang Qanday tinish belgisi qo'yilganini va buning sababini izohlang. 1. Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik ko'rmagan, shuning uchun u qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik. shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Xoldor) 3.Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in jiddiy ishga kirishib |
ma'muriyatiga murojaat qiling