Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
ketdilar.(O.Yusupov) 4. Saodat ko’pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan
ovozlarga qo’shlib ashula aytgisi keldi.(I.Rahim) 5. 0‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. {Abdulla Qodiriy) mashq. Gaplarni ko'chiring. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishiga diqqat qiling. 1.Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo'l. 2. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar saflda bo'lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarining zo'ridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. 4. Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlaiga yozib qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo'llovchi mash’al, shu tufayli uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta. («Otalar so'zi»)
DEB SO‘ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Gapni ko'chiring, sodda yoki qo'shma gapligini aniqlang. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. («Uch og'a-ini botirlar») Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko'pincha deb so‘zi yordamida bog'lanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart maylidagi,shuningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o’tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda esa, ko’proq sabab ma’nosi anglashiladi. mashq. Ko'chiring. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositani va ergash gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang.
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan qo'shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang.
Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo'shimchasi ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan maz- munning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. mashq. Ko'chiring, bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapning bosh gapga qanday bog'lovchi vosita yordamida bog'lanayotganini ayting.
mashq. Siz ham tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo'lsangiz, bu haqda o'z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling