Qulmanov shohsaidning dars ishlanmasi


Tabiatda uchrashi va olinish usullari


Download 209.05 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi209.05 Kb.
#1495837
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10 sinf .Spirtlar dars ishlanma

Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Spirtlardan metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o'simliklardan olinadigan efir moylarda va o'simlik a'zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar holatida tabiatda keng tarqalgan. Spirtlar asosan quyidagi usullarda olinadi:

  1. Murakkab efirlar gidroliz qilib olinadi:


2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta'sir ettirib olinadi:

3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator — rux xlorid ishtirokida suv ta'sir ettirib olinadi:

Sanoatda metanol is gazidan sintez qilib olinadi:

Sanoatda etil spirt kraxmal (guruch, bug'doy, kartoshka va hokazo) va kletchatka (o'rmon xo'jalik chiqindilari, g'o'zapoya) saqlaydigan o'simlik xomashyolarini bijg'itish yo'li bilan olinadi:

С6Н12Об → 2С2Н5ОН + 2СO2
Kletchatka saqlaydigan o'simliklardan olingan etil spirt «gidroliz spirt» deb ataladi, chunki uning tarkibida 0,3—0,5% gacha metil spirt bo'ladi. Shuning uchun «gidroliz spirt» sintetik kauchuk olishda ishlatiladi.
Fizik xossalari. Spirtlarning birinchi to'rt vakili harakatchan suyuqlik bo'lib o'ziga xos hidga ega. Spirtlarning molekular massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortib boradi (7-jadval).


Spirtlarning fizik xossalari



Nomi

Formulasi

Suyuqlanish temperaturasi, °C

Qaynash temperaturasi, °C -

Nisbiy zichligi

Metanol

CH3OH

-97

65

0,7924

Etanol

C2H5OH

- 117

78

0,7891

Propanol—1

CH3-CH2-CH2OH

- 127

97

0,8044

Propanol—2

CH3-CHOH-CH3

-88

82

0,7849

Butanol — 1

CH3 - CH2 - CH2 - CH2OH

-89

118

0,8096

Butanol—2

CH3-CH2-CHOH-CH3

-94

100

0,8078

2-metil propanol - 1

CH3-CH(CH3)CH2-CH3

105

108

0,8008

2-metil— propanol—2

CH3-C(CH3)CH3 OH
|
OH

25

83

0,7882

Spirtlarning qaynash temperaturasi, shu spirt molekulasidagi radikal asosida hosil bo'lgan galoid birikmaning va oddiy efirning qaynash teniperaturasidan doimo yuqori bo'ladi. Masalan,
Etil spirt C2H5OH 78oC
Dietil efir C2H5-0-C2H5 35°C
Etil xlorid C2H5C1 12,4°C
Spirt molekulasining tuzilishi suvning molekula tuzilishiga o'xshash bo'lib, uglevodorod radikali va vodorod atomi kislorod atomi bilan bir chiziqda yotmasdan, bir-biri bilan ma'lum burchak ostida joylashadi. Buning sababi, molekuladagi kislorod atomi erkin juft elektronlarga ega bo’lishi uchun ikkinchi molekuladagi musbat zaryadli vodorod atomini o'ziga biriktiradi. Bu birikma elektrostatik bo'lib, vodorod bog' hosil qiladi (formulada uchta nuqta bilan ko'rsatiladi). Natijada spirtlar assotsilangan (bir-biriga yopishgan) molekulalarni tashkil etadi:

Shuning uchun ham spirtlarning qaynash temperaturasi yuqori bo'ladi. Asosiy energiya vodorod bog'ning uzilishiga va molekulalarning bir-biridan ajralishiga sarflanadi.

Download 209.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling