Qulmanov shohsaidning dars ishlanmasi


Download 209.05 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi209.05 Kb.
#1495837
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10 sinf .Spirtlar dars ishlanma

3. Oksidlanish reaksiyasi. Spirtlarning oksidlanish reaksiyasida ham radikal vodorod atomlari rcaksiyada qatnashadi.
Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar bir xil sharoitda oksidlansa, birlamchi spirtlardan aldegidlar, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo'ladi, uchlamchi spirtlar esa oksidlanmaydi. Ammo uchlamchi spirtlar kuchli oksidlovchilar ta'sirida oksidlansa, uglerodlar o'rtasidagi bog' uziladi va spirtga nisbatan kichkina molekulalar hosil bo'ladi:

Ishlatilishi. Metil spirt asosan, erituvchi sifatida lok-bo'yoq moddalar tayyorlashda, formaldegid olishda va har xil moddalar sintez qilishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Etil spirt xalq xo'jaligining ko'p tarmoqlarida ishlatiladi.
Kimyo sanoatida sintetik kauchuk va bo'yoq moddalar olishda, farmatsevtika sanoatida, dietil efir (narkoz uchun), etil xlorid (ayrim joyni og'riq sezmaydigan qilish uchun) ularni olishda va parfumeriya sanoatida etil spirt ko'p miqdorda ishlatiladi. Ilmiy tekshirish instituti laboratoriyalarida analiz qilish va sintez ishlari uchun suvsizlantirilgan (absolut) spirt ishlatiladi.
Absolut spirt tayyorlash uchun spirt suvsizlantirilgan ohak bilan 6—8 soat davomida qaynatiladi, so'ngra haydaladi.
Oziq-ovqat sanoatida ichimliklar asosini etil spirt tashkil etadi. Etil spirt narkotik bo'lib, organizmga kuchli ta'sir etadi. U ko'p iste'mol qilinganda asab tizimi, ovqat hazm qilish a'zolarini va yurak qon-tomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og'ir kasalliklarga olib keladi.
Ikki atomli spirtlar
To'yingan uglevodorodlar tarkibidagi ikkita uglerod atomidagi ikkita vodorod atomi o'rniga gidroksil gruppa joylashsa, ikki atomli spirtlar yoki glikollar hosil bo’ladi. «Glikol» — grekcha so'z bo'lib, shirin demakdir.
Olinish usullari. 1. 1856-yilda fransuz kimyogari A.Vyurs dixloretanni gidroliz qilib etandiol olgan:
CH2-CH2+2HOH→CH2-CH2
‌‌৷ ৷ ৷ ৷
Cl Cl OH OH
2. Rus kimyogari E.E. Vagner olefinlarga katalizator (Cr2O3) ishlirokida peroksid ta'sir ettirib, ikki atomli spirt olgan
CH2=CH2 CH2-CH2
৷ ৷
OH OH

Download 209.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling