Qulmanov shohsaidning dars ishlanmasi


Download 209.05 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi209.05 Kb.
#1495837
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10 sinf .Spirtlar dars ishlanma

Kimyoviy xossalari. Spirtlar kislota va asos xossaga ega emas, shuning uchun ularning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega.
Spirtlarning kimyoviy xossasi molekulani tashkil etgan atom va atomlar gruppasining reaksiyaga kirish xususiyatiga bog'liq.
Masalan, etil spirt molekulasida reaksiyaga kirishadigan atom va atomlar gruppasini uch gruppaga bo'lish mumkin:

1. Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan
reaksiyalar.
2. Gidroksil gruppa orqali boradigan reaksiyalar.
3. Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reaksiyalar.
Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan reaksiyalar. Gidroksil gruppaning vodorod atomi harakatchan bo'lgani uchun o'rin olisli renksiyalariga oson kirishadi:
a) gidroksil gruppaning vodorod atomi metallga o'rin almashib alkagolatlar hosil qiladi.

Alkagolatlar beqaror bo'lgani uchun tezda havodagi nam ta'sirida parchalanib spirt va ishqor hosil qiladi.

b) gidroksil gruppaning vodorod atomi organik kislota qoldiqlar (radikallar) bilan o'rin almashib murakkab efirlar hosil qiladi.

Spirtlarning gidroksil gruppasi orqali boradigan reaksiyalar
1. Spirtlar galoid kislotalar yoki fosforning galoidli birikmalari bilan qo'shib qizdirilsa, galoid alkillar hosil bo'ladi:

2. Degidratatsiya reaksiyalari. lkki molekula spirt konsentrlangan sulfat kislota ishlirokida qizdirilsa, bir molekula suv ajralib chiqishi hisobiga oddiy elir hosil bo'ladi:
C2H5OH+C2H5OH→C2H5—O—C2H5+H2O
Bu reaksiyada ham gidroksil gruppa, ham gidroksil gruppadagi vodorod atomi xususiyatlarini ko'rish mumkin.
Spirtni ko'p miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilsa, bir molekula spirtdan bir molekula suv chiqishi hisobiga to'yinmagan uglevodorod — etilen hosil bo'ladi.

Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar digidratatsiya reaksiyasi deyiladi.

Download 209.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling