Qurbanov ilhomning


Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar


Download 1.94 Mb.
bet3/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar.
2. GEOGRAFIK MUHIT VA UNING JAMIYATGA TA’SIRI
Geografik muhit - tabiatning insoniyat jamiyati mavjud bo‘lgan, odamning butun hayoti va ishlab chiqarish faoliyati ro‘y beradigan qismi. Inson o‘ziga kerak bo‘lgan barcha narsa — suv, havo, oziq-ovqat, turar joy va boshqa qurilishlar uchun zarur bo‘lgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni geografik muhitdan oladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishilar asosan hayot uchun zarur tabiiy manbalar (yovvoyi o‘simlik mevalari va hayvonlar, unumdor tuproq)dan foydalangan. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan tabiiy boyliklar (metall, yog‘och, issiqlik manbalari) mehnat vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi. Geografik muhit jamiyat taraqqiyoti va farovonligining doimiy, zarur shartlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va ishlab chiqarish tarmoqlarining to‘g‘ri joylashtirilishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. CHunonchi, O‘zbekiston iqlimi issiq va tuprog‘i unumdor bo‘lgani uchun o‘zbeklar kadimdan paxtachilik va bog‘dorchilik bilan, qozoqlar esa qulay yaylovlarga ega bo‘lganligi uchun chorvachilik va g‘allakorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Keyingi davrda er osti boyliklarini o‘zlashtirish ham salmoqli o‘rin egal-ladi.
Geografik muhit kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyinishiga ham ta’sir ko‘rsatadi va bularning tarkib topishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida jamiyat ham geografik muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Kishilarning tobora o‘sib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatning yangi hududlari va boshqa tabiiy boyliklari xo‘jalikka jalb qilinadi. Insonning ta’siri oqibatida geografik muhit ancha o‘zgaradi. Macalan, cho‘llarda vohalar vujudga keldi, dashtlar ekin dalalariga aylantirildi, bir necha o‘nlab suv omborlari qurildi, quritilgan botqoqliklar o‘rnida o‘tloklar paydo bo‘ldi. Bular mahalliy iqlimga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Agar insoniyat tarixiga teran nazar tashlasak, turli mintaqalarda yuzaga kelgan ko‘plab tamaddunlarning geografik joylashuvi qulay bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu qandaydir tasodif bo‘lmay, buning zamirida qandaydir qonuniyat yotishini anglash mumkin.
Osiyoda asrlar davomida buyuk davlatlar – Bobil, SHumer, Ossuriya, Xarappa, Urartu va boshqalar yuzaga kelgan. Agar bu madaniyatlar shakllangan mintaqalarning geografik joylashuviga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular shimoliy yarim sharda ekvatordan taxminan bir xil uzoqlikda va unga parallel to‘g‘ri chiziqda yotganligini ko‘rishimiz mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, bu sivilizatsiya markazlari joylashgan mintaqa mo‘‘tadil tabiiy iqlim sharoitiga ega. Bu narsa mazkur madaniyatlarning paydo bo‘lishi qandaydir tasodif bo‘lmasdan, ma’lum bir ijtimoiy-tarixiy va tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanganligidan dalolat beradi. SHu o‘rinda o‘n ikkinchi asrda yashab ijod qilgan mashxur arab mutafakkiri Ibn Rushdning “Iqlimlar nazariyasi”ni e’tirof etish mumkin. Alloma mazkur ta’limotida dunyoni uchta – issiq, mo‘‘tadil va sovuq iqlimli zonalarga bo‘ladi. “Doimo yoz bo‘ladigan issiq o‘lkalarda, - deydi olim, - yashash uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va qulay ob-havo sharoitlari etarli bo‘lgan, insonlarni ovqat va boshpana muammosi ko‘pda tashvishlantiravermagan. Sovuq ob-havo hukmron bo‘lgan yurtlarda esa, ular o‘zlari uchun ovqat izlashga hamda sovuqdan va yirtqich hayvonlardan himoyalanish yo‘llarini axtarishga majbur bo‘ladilar. SHuning uchun ham bu ikkala mintaqada ijtimoiiy-madaniy rivojlanish yuz bermaydi. Bunday yuksalish faqat mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda sodir bo‘ladi. Buning sababi shundaki, - deb ko‘rsatadi Ibn Rushd, - bu joylarda yil fasllari almashinib turadi. Odamlar issiq narsalarni jamlashga, shuningdek, uy-joy qurishga majbur bo‘lishgan”. Aynan mana shu ehtiyoj – talab sivilizatsiyaga turtki bo‘lgan. Oxirgi yuz yilliklarda yuz bergan ilmiy-texnik taraqqiyot ta’sirida shimoliy, ya’ni sovuq, shuningdek, issiq mintaqalarda joylashgan mamlakatlar ham ko‘p sohalarda yuksak rivojlanish bosqichlariga erishdilar.
Geografik muhit, ya’ni iqlim, yer rel’efi, suv va suv manbalari, foydali qazilmalar, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami kabi tabiiy muhitning qandayligi jamiyat hayoti va ijtimoiy taraqqiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu negativ yoki pozitiv ma’no kasb etishi mumkin. Masalan geografik muhitning asosiy komponentlaridan biri bo‘lgan iqlimni olaylik. Undagi o‘zgarishlar jamiyat tarixida bir necha bor taraqqiyotga turtki beruvchi omil sifatida ham, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlovchi kuch sifatida ham namoyon bo‘lgan. Insoniyat tarixida bir necha bor muzlik davri bo‘lgan va bu qulay iqlimiy sharoitda yashayotgan inson zotini uyg‘otuvchi kuch vazifasini bajargan. Odamlar bunday sharoitga moslashishlari uchun ularning biologik adaptatsiyalashuv imkoniyatlarining kamligi ularning boshqa bir noyob xususiyatini, ya’ni ongini takomillashishiga sabab bo‘lgan. Bu esa asta-sekinlik bilan ijtimoiylik kasb etib borgan.
Geografik muhitning yana bir muhim komponenti hosildor erdir. Yer agrar ho‘jalikning muhim resursi hisoblanadi. Birinchi yuzaga kelgan sivilizatsiyalar ho‘jaligi aynan tuproq unumdorligi bilan bog‘liq edi. Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindiston kabi sivilizatsiyalar yuzaga kelgan hududlar unumdor tuproqqa boy bo‘lgan. Tabiiyki, bu dehqonchilikdan mo‘l-ko‘l hosil olish imkonini bergan, moddiy farovonlik va taraqqiyotga olib kelgan. Turli daryolar va dengizlarning mavjudligi qulay suv transportini yuzaga keltirib, savdo-sotiqning yuksalishida muhim omil bo‘lib hizmat qilgan. Hududining foydali qazilmalarga boyligi ham jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’sir etuvchi tabiiy omil hisoblanadi. Aynan birinchi bor metalga ishlov berish orqali mehnat qurollarining takomillashuvi ishlab chiqarishning rivojiga olib kelgan. Tabiiyki tamaddunlar ana shunday foydali qazilmalar mo‘l-ko‘l bo‘lgan hududlarda mavjud bo‘lgan. Demak geografik muhitning har bir komponenti ijtimoiy taraqqiyotning muhim tabiiy omillari bo‘lib hizmat qiladi.
Geografik muhitdagi o‘zgarishlar har doim ham taraqqiyot omili bo‘lavermaydi. Buni ayniqsa hozirgi tabiat kataklizmlarining salbiy ijtimoiy oqibatlari misolida ko‘rib turibmiz. Insoniyat tarixida bunday jarayonlar ko‘p kuzatilgan. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Mayya sivilizatsiyasi va Rim imperiyasining inqirozga yuz tutishida muttasil davom etgan qurg‘oqchilik ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatgan. Dehqonchilikda hosildorlik pasayib, jamiyatning iqtisodiy asoslari emirilgan, natijada ijtimoiy farovonlik darajasi pasayib, turli ziddiyatlar, emirilishlarga sabab bo‘lgan. SHunga o‘xshash holatni Avstraliyada yashovchi qabilalar ham o‘z boshlaridan kechirganlar. Ovchilikni tirikchilik manbai qilib olgan aborigenlar hayvonlarni ovlash jarayonida o‘rmonlarga o‘t qo‘yish usulidan muntazam foydalanganlar. Natijada, qit’adagi o‘rmonlar keskin kamaygan, kuygan tuproq o‘z unumdorligini yo‘qotgan, natijada o‘simliklarning kamayishi yanada tezlashgan, bu esa hayvonot olamiga katta putur etkazgan. Aborigenlar esa og‘ir iqtisodiy inqirozni boshlaridan kechirgan, taraqqiyot imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. Hozirda Atlantika okeaninining g‘arbiy qirg‘oqlarida hamda Tinch okeani mintaqalarida sodir bo‘layotgan to‘fonlar, Amerikada tez-tez kuzatiladigan tornadolar, turli zilzilalar, suv toshqinlari, vulqon otilishlari, epidemiyalar etkazayotgan zarar tabiiy omillarning jamiyatga salbiy ta’sirini ifodalaydi.
Demak har bir jamiyat hayoti va taraqqiyotida geografik omillarning ta’siri har doim sezilarli bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, geografik muhitni taraqqiyotning birdan-bir asosiy omili, qulay geografik muhitga egalik qilishga intilishni tabiiy holat sifatida qarash geografik deterministik oqimlarni yuzaga keltirdi. Buning asosini esa geografik siyosat tashkil qiladi.
2-Rasm


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling