Qurbanov ilhomning


Download 1.94 Mb.
bet6/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

Uyg‘unlik – insonlarni tabiat va jamiyat qonuniyatlarining o‘zaro muvofiqlashtirgan tarzda faoliyat olib borishga yo‘naltirilgan hayot tarzi.
Birinchidan, agar yoritilayotgan masala insonlarning tabiatga nisbatan yo‘naltirilgan munosabat shakllariga qaratilgan bo‘lsa – atrof tabiiy muhit so‘zlar birikmasini ishlatish maqsadga muvofiq. Chunki insonlarni nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy va shunga o‘xshash turli muhitlar o‘rab turadi. Ushbu muhitlardan tabiiysini ajratib olish maqsadida biz uni «atrof tabiiy muhit» so‘zi orqali ifoda etishni to‘g‘ri, deb bilamiz. Lekin atrof tabiiy muhitning keskin o‘zgarib ketishi ma’lum bir hudud yoki mintaqalarda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy muhitlarni ham o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Yevropada sanoat gurkirab o‘sdi, ushbu mintaqada aholi haddan ziyod ko‘payib, jamiyat va davlatning iqtisodiy-siyosiy talablari 65 tabiat qonuniyatlarini inkor eta boshladi. Natijada, atrof tabiiy muhit izdan chiqdi, insonlarning yashashi og‘irlashdi, kasalliklar ko‘paya boshladi va shuning uchun ularning aksariyatida tabiiy muhit nisbatan saqlanib qolingan Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi sivilizatsiya «oyog‘i yetmagan» qit’a va orollarga odamlar ko‘chib keta boshladilar. Buni sezgan jamiyat, davlat va hamjamiyat sardorlari XX asrga kelib Yevropada ijtimoiy munosabatlarda sanitar-gigiyenik talablarni kuchaytirish, qonunlar va sanoat ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish, ziddiyatli davlatlararo munosabatlarni ekologiya fani orqali «til topishga» undadi. Oqibatda «Ekologiya» degan fan yuzaga keldi va u xalqaro miqyosga olib chiqildi. Chunki inson bilan tabiat o‘rtasidagi «kelishmovchilik» nafaqat atrof tabiiy muhitga, balki ma’lum darajada davlatlarning ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va hattoki, axloqiy munosabatlariga salbiy ta’sir eta boshladi.
Shuning uchun ham «Xalqaro ekologiya huquqi»da xalqaro hamjamiyat tomonidan «atrof tabiiy muhit» iborasi «atrof-muhit» degan ibora bilan almashtirildi. Ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘rganish yoki tadqiqot obyekti bo‘lib jamiyat, inson, fuqaro yoki shaxs hamda ularning jamoasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ular inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatni «insonlarni o‘rab turuvchi muhit»,«kishilik jamiyati yashovchi muhit» deb ataydilar. Buni «mutloq to‘g‘ri» yoki «mutloq noto‘g‘ri» deyish qiyin. Lekin inson yashayotgan va uning ta’siri doirasidagi tabiiy muhit tabiatshunoslik nuqtayi nazaridan qolgan turdagi organizmlar, jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi, mikro va nanoorganizmlarning ham yashash muhitidir.
Faqatgina ular tabiat bilan hamohanglikda, ya’ni ma’lum bir muvozanatni saqlagan yoki «kelishgan» holda yashaydilar hamda rivojlanadilar. Insonlar esa, o‘ziga xos «kuchli organizm» – individ sifatida tabiat bilan «kelishmasdan» ham yashashlari mumkin. Shuning uchun insonlarni o‘rab turuvchi tabiiy muhit yoki ularning yashash muhiti, so‘zsiz «insonlarni o‘rab turuvchi atrof tabiiy muhit» yoki «insonlarning atrof-muhiti» deb aytiladi.
Uchinchidan, inson va tabiat Yer sayyorasida juda uzviy bog‘langan va o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Aynan o‘zaro ta’sir doirasida, chunki insonning tabiatga bo‘lgan har qanday ta’siri (xoh u ijobiy yoki salbiy ko‘rinishda namoyon bo‘lsin) oxir-oqibatda insonning o‘ziga aks sado bo‘lib qaytadi (yo rahmatini yog‘diradi, yo o‘chini oladi). Buni anglagan ibtidoiy insonlar va ularning jamoasi tabiatni bir bo‘lagi sifatida, uning «bag‘ri»da yashab kelganlar. Zardushtiylarning muqaddas «Avesto» kitobining Vandidod qismida10 tabiat unsurlari – yer, suv, havo va olovni ajdodlarimiz xudo deb bilganlari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Yer va olov xudosi – «Mitra»ga insonlar sig‘inishgan. Ularni ilohiy kuch deb bilishgan va ularga yetkazilgan zarar uchun, hattoki, o‘lim jazosini qo‘llashgan. Suvni iflos qilish oliy tangriga qilingan xuruj deb qaralgan.
Tabiatga nisbatan bunday dunyoqarashlar zardushtiylar dinining asosini tashkil qilgan va unda zikr etilgan qadimiy axloq-odob qoidalari shu davrdagi 16 ta davlat hududida amal qilgan. Aksincha, sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududini xomashyo va ayniqsa, paxta yetishtirish bazasi qilib olinishi «Orol muammosi»ni yuzaga keltirdi. Insonlar esa ushbu ekologik inqirozli hududlardan ko‘cha boshladilar.
Chunki atrof tabiiy muhitning inqirozli darajada buzilishi aholi o‘rtasidagi barcha munosabatlarga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Kishilarning bexavotir va sog‘lom yashashlari qiyinlashmoqda. Mintaqaning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga jiddiy putur yetkazilmoqda. Xullas, tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlarining o‘zaro uzviy aloqadorligi atrof-muhit holati va inson salomatligida aks etadi.
Hozirgi zamonda ushbu holat ko‘proq tabiatga emas, balki inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat faoliyatiga, to‘g‘rirog‘i ularning birgalikdagi ezgu maqsadlarining ijrosiga bog‘liq. Biz, insonlar, tabiatdan ajralgan tarzda yashay olmas ekanmiz, uning ajralmas bir bo‘lagi sifatida o‘zimizni his etib hayot kechirishimiz lozim.
Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash esa barchamizning muqaddas burchimizdir. Nima uchun biz tabiat va inson munosabatlarida ekologik xavfsizlikning geoekologik jihatlarini alohida fan, ta’lim va amaliyot sifatida ko‘rib chiqamiz? Bunga quyidagi holatlar sababchidir:
Shunday ekan, tabiat va inson munosabati bizning bosh mezonimizga to‘g‘ri keladi. Globallashuv sharoitida insonlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmay qo‘ydi. Uning oqibati tabiiy majmualar doirasida aks etmoqda. Mazkur tabiiy chegaralar tabiiy geografik majmualarga, ya’ni geotizimlarga juda mos keladi. Kelajakda jamiyat, davlat va hamjamiyatning strategik va taktik dasturlar, moliyaviy-moddiy resusrlari muayyan davlat miqyosida emas, balki ekologik xavfi yuqori bo‘lgan tabiiy tizimlar (dengiz bo‘yi; orollar; tog‘li o‘lkalar; inqirozli hududlar, suv akvatoriyalari va havo kengliklari; ko‘llar majmuasi kabilar) doirasida rejalashtirilmoqda. Bu esa geoekologiyaning istiqbolli maqsadlariga mos tushadi va h.k.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling