Qurbanov ilhomning


TABIAT, INSON VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI UZVIY BOG‘LIQLIK VA ALOQADORLIK


Download 1.94 Mb.
bet2/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

1.TABIAT, INSON VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI UZVIY BOG‘LIQLIK VA ALOQADORLIK
Inson ham, jamiyat ham avvalo tabiat bag‘ridan joy olgan. Jamiyat va insonning hayoti va faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Jamiyat qanchalik taraqqiy etmasin uning yashovchanligi tabiiy shart-sharoitlar bilan ham belgilanadi. Ma’lumki, tabiat jamiyatning vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy shart-sharoiti va moddiy zaminidir. Jamiyat tabiatning tarkibiy qismi bo‘lsa, inson uning evolyusion taraqqiyotining cho‘qqisi. U juda borganda ikki milliard yil davom etgan juda katta tabiiy jarayonning natijasidir. Zotan, tabiatning bir qismi bo‘lgan inson mehnat va o‘zaro muomala qilish natijasida asta-sekin ijtimoiy mavjudot sifatida shakllandi. SHu tarzda tabiat va jamiyat muammosi falsafiy-metodologik nuqtai nazardan bioijtimoiy mavjudot bo‘lgan inson va uni o‘rab olgan tabiiy muhit bilan o‘zaro munosabati haqidagi muammo bo‘lib qoldi.
Tabiat inson hayotining asosi, uning jismoniy va ma’naviy rivojlanishining negizi bo‘lgan. Tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’sirining asosiy rivojlanish bosqichlariga va uning asosiy yo‘nalishlariga nazar tashlar ekanmiz, bunga ishonch hosil qilamiz.
Inson – tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgizuvchi mavjudot. Inson tarixiy jamoalashuv jarayoni subekti bo‘lib, u er kurrasidagi moddiy va ma’naviy madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog‘langan holda, lekin ulardan ongini yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi hamda axloqiy, ma’naviy va ruxiy o‘z – o‘zini anglay olishi bilan ajralib turadi.
Jamiyat – keng ma’noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarning konkret tipidir.
Tabiat – keng ma’noda butun borliq olam va uning xilma – xil shakllari; tor ma’noda kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Inson o‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan tabiiy muhitdan foydalanish mumkin.
SHu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to‘xtovsiz va xilma – xil o‘zaro ta’sirlar ro‘y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammosi insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda Fransiya sotsiologi Monteske o‘sha davr uchun xos bo‘lgan fikrlarni olg‘a suradi. U “Qonunlar ruhi to‘g‘risida” nomli asarida jamiyat tabiatga to‘la ravishda qaramligi to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, “Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir”, degan shiorni olg‘a suradi.
Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi qo‘yadigan, kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi o‘laroq tabiat bilan inson o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni asoslash va ko‘rsatish muhim ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo‘lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog‘liqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o‘zaro quvvatlab turadilar.
Jamiyat va tabiat birligini ta’kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jihatdan birligini tushunamiz, ya’ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialektik deb ataluvchi ba’zi bir ob’ektiv (xolis) qonunlarga garchi o‘ziga xos bo‘lsa ham bo‘ysunadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya qonunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma’naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘langandir. Bu tabiat o‘z-o‘zi bilan chambarchas bog‘liq demakdir, zero inson tabiatning bir qismidir, uning farzandi, rivojining gultojidir. Mazkur holat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo bo‘lishining etakchi omili ekanligi ko‘rinadi.
Inson va jamiyat taraqqiyotida tabiiy omillar o‘ziga hos bazis vasifasini o‘taydi. Bu borada rus faylasufi V.P. Petrov“Insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va harakatlantiruvchi kuchlari” nomli asarida keltirib o‘tgan gipotezalarga murojaat qilamiz. “Inson, - deb yozadi V. P. Petrov, - tabiatning quyidan yuqoriga cheksiz rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan ob’ektiv boshqaruv mahsulidir. Tabiat tomonidan qo‘l(panja)ni eslatuvchi organning yaratilishi insonning paydo bo‘lishiga olib keldi... Biroq panjanining paydo bo‘lishi primatning birdaniga insonlashishiga olib kelmadi... Sayyora tarixi hayvonlarning yashash tarzini o‘zgartirib yuborgan bir necha ekologik davrlar(muzlik davri)ni boshdan kechirgan. Bunday davrlar “uyg‘otish” rolini o‘ynagan. Bu davr primatlarning yashash muhiti bo‘lgan o‘rmonlarning yo‘qolishi va kamayishiga olib kelib, yanada qiyin sharoitlarni keltirib chiqargan. Bir qism primatlar yangi sharoitga ko‘nikishga erishgan. Bunda tekislikda yashash tarziga o‘tish tananing vertikal holatga o‘tishiga turtki bergan. Ya’ni oyoqda yurishga moslashgan va bu o‘z navbatida qo‘l yordamida turli qurollarni ishlatish imkonini bergan. Mevalar kabi oziq-ovqatlarning kamayib ketishi hamaxo‘rlik hamda ov qilib ozuqa topishga majbur qilgan. Buning uchun o‘z navbatida qurollar kerak edi. Jamoada harakatni koordinatsiya qilishga bo‘lgan zaruriyat nutqning paydo bo‘lishiga olib keldi”. Olimning gipotezasi primatlarning insonga aylanishida tabiiy omillarning asosiy kuch sifatida ko‘rsatishga asoslanadi.
Shuningdek tabiat rivojining hosilasi bo‘lgan insoniyat tabiatga tobora ko‘p o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, inson faqat har xil o‘simlik va hayvonot turlari o‘rnini o‘zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o‘zgartirdiki, uning faoliyati natijasida er shari umumiy o‘limga mahkum bo‘lgandagina u bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. SHunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‘rganib biladi, balki o‘zini o‘rab turgan dunyoni o‘zgartiradi, “ijod” qiladi ham. Biroq landshaft (tabiat manzarasi)ni g‘oyat o‘zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib ketaolmaydi, u hamma vaqt uning bag‘rida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiati va o‘zgartirish qobiliyatlariga kelganda, ular chek-chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, inson hayoti moddiy sharoitlari ham bo‘lmaydi, demakki jamiyat ham bo‘lmaydi. Jamiyat bu odamlarning birgalikda harakati, o‘zaro ta’sirining mahsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‘zidir.
Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon odamlarning oddiy birlashmasi bo‘lgan emas va bo‘lmaydi ham. Jamiyat odamlar, ishlab chiqarish, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro ta’siri murakkab sistemasidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojlanishda bo‘lgan ijtimoiy organizmdir, u ayrim ijtimoiy elementlarning o‘z boshimcha ishlariga yo‘l qo‘yuvchi g‘ayriixtiyoriy birikma emas. Tabiat esa-bu moddiy jismlar, realliklar majmuidan iborat bo‘lib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va uni qurshab turadi.
Tabiat rivojining oliy bosqichi bo‘lmish jamiyat faqat tabiiy omil negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‘zaro ta’sirida bo‘lish shartidir. Kelib chiqishi jihatdan tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyat har holda tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Inson va atrof muhit o‘rtasida o‘zaro munosabatlar keskinlashgan, fan-texnika jadal rivojlanayotgan davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy ta’siri yuzaga kelgan uzoq o‘tmishdan yaxshi ma’lum. Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda ma’lum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish antropogen modda va energiya almashinuvi qonuniyatlari, bu jarayonning tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorligiga ta’siri xususiyatlari, insoniyatning kelajak rivojlanishi maqsadlarida ushbu jarayonni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadigan fandir. Ushbu fanning sotsekologiya, antropotsenologiya, tabiatdan foydalanish kabi turli nomlari ham taklif qilingan.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko‘ra farqlangan. Tabiatning muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo‘qolib borayotgan alohida o‘simlik va hayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o‘sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bosqichi vujudga kelgan. XX asrning o‘rtalaridan boshlab tabiiy resurslar bilan bir qatorda alohida noyob tabiiy hududlarni muhofaza qilish bosqichi ajratiladi. Atrof muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi insonning tabiatga ta’siri umumsayyoraviy miqyosga etgan.
Tabiatdan foydalanish, uni o‘zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o‘zaro chambarchas bog‘langan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat qilish va ularni oldini olishdan iboratdir. Tabiat muhofazasi haqidagi fan juda serqirra bo‘lib, u faqatgina geografiya, biologiya, fizika, ximiya, iqtisod va boshqa ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Insonning tabiatga bevosita va bilvosita, ijobiy va salbiy ta’sir shakllari ajraladi. O‘rmonlarning kesilishi, hayvonlarni ovlash, yangi erlarni o‘zlashtirish, konlarni qazish natijasida inson tabiatga bilvosita ta’siri bevosita ta’sirining salbiy oqibatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, yangi erlarning o‘zlashtirilishi ham o‘simliklar va hayvonlarning qirilishiga olib keladi. Tashlandiq erlarni, o‘rmonlarni tiklash, ko‘kalamzorlashtirish, o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish insonning tabiatga ijobiy ta’siriga kiradi. Har qanday ijobiy ta’sirning ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashtirib quyidagi iqtisodiy, ilmiy, sog‘lomlashtirish-gigiena, tarbiyaviy, estetik yo‘nalishlarga ajratish mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin ushbu muammoga alohida etibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. 1864 -yili AQSH da J.Mershning “Inson va tabiat” kitobi bosilib chiqdi. Unda tabiatni muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berildi. 1910-yili SHveysariyada Yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzildi. 1913-yili Bernda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha birinchi xalqaro kengash chaqirildi. 1948-yili Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi. Tabiatni muhofaza qilish harakatlari XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920 yildan boshlangan.
Tabiat va jamiyatdagi predmet va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqadorligi hamda bog‘liqligi to‘g‘risidagi materialistik dialektikaning qonuni tabiatni muhofaza qilishning metodolgik va ilmiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Tabiat va jamiyatdagi mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqa va ta’sirlarni hisobga olgandagina tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan yo‘llarini ishlab chiqish mumkin.
1-Rasm



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling