Qurbanov ilhomning


Geografik muhitning turli ko`rinishlari


Download 1.94 Mb.
bet4/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

Geografik muhitning turli ko`rinishlari.
3. DEMOGRAFIK JARAYONLAR, UNING JAMIYAT HAYOTI VA TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Jamiyat hayoti va taraqqiyotiga demografik jarayonlar ham muayyan tarzda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demografik jarayonlar deganda ijtimoiy-tarixiy shart sharoitlarga bog‘liq tarzda yuzaga keladigan aholining tug‘ilish, vafot etishi, ko‘payishi yoki kamayishi, aholi joylashuvining zichlik darajasi, migratsiya, ayollar va erkaklar, turli yoshga mansub qatlamlar nisbati kabi jarayonlar tushuniladi.
Har bir demografik jarayon ijtimoiy sharoitlarga bo‘ysunadi. Masalan tug‘ilishning vafot etishga nisbatan ortiq bo‘lishligi jamiyatning iqtisodiy salohiyati, tibbiyotning rivojlanganligi va aholining ijtimoiy himoyalanganligi kabi sharoitlarga bevosita bog‘liq. SHuningdek bu jarayonlar ijtimoiy shart-sharoitlar natijasida o‘zgarib tursada, ammo bu jarayonlar qayta jamiyat hayotiga ta’sir etish kuchiga ega.
Demografik jarayonlar ijtimoiy taraqqiyotga negativ va pozitiv ta’sir etish xususiyatiga ega. Uning ijobiy omil sifatida namoyon bo‘lishini bir qator yo‘nalishlarda ko‘rib o‘tish mumkin:

  • aholining ko‘payishi ishchi kuchiga bo‘lgan talabning qondirilishiga olib keladi (bunda mehnatga yaroqli va jismonan sog‘lom aholining ortib borishi nazarda tutilmoqda);

  • aholi orasida yoshlar qatlamining ko‘pligi jamiyatning o‘zgarishlarga moyilligini oshiradi. CHunki yoshlar o‘rta yoshlar va keksalarga nisbatan ijtimoiy faolroq bo‘lishadi. Bunda jamiyat konservativ harakterdan uzoqlashib, liberal o‘zgarishlarga ko‘proq moslashadi;

  • migratsiya jarayonlari turli hududlardagi professional, iqtisodiy va boshqa “bo‘shliqlarni” to‘ldiradi. Ishchi kuchining barqaror taqsimlanishiga olib keladi;

  • aholining zichlashuvi ijtimoiy munosabatlarni faollashuviga ta’sir ko‘rsatadi. SHaxarlashishni yuzaga keltirib, o‘z navbatida madaniyaning markazlashuvini belgilaydi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish va bozor munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ayni vaqtda yuqoridagi kabi demografik jarayonlar ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Masalan:

  • aholining haddan tashqari ko‘payishi moddiy ne’matlar taqchilligini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy taqsimotda jiddiy tafovutlarni yuzaga keltirib, iqtisodiy nochor qatlamning ortishiga olib keladi. Jamiyatda mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumga nisbatan salbiy kayfiyatlar sonining oshib borishiga, turli tartibsizliklarga sabab bo‘ladi. Jamiyatda beqarorlik ehtimoli ortadi;

  • tug‘ilishning kamligi ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda jamiyatda keksalarning salmog‘i ortadi. Ularni boqish jamiyatga og‘ir yuk bo‘lib tushishi mumkin;

  • o‘z navbatida jamiyatda yoshlar salmog‘ining ko‘pligi ham ijtimoiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Ularning liberal kayfiyatga moyilligi jiddiy inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin (Suriya, Misr, Liviyada sodir bo‘lgan inqilobiy jarayonlarda asosan yoshlar ishtirok etdi);

  • kekin urbanizatsiya (shaxarlashish) jarayoni qishloqlarning bo‘shab qolishiga, agrar xo‘jalikning zavolga yuz tutishiga olib kelishi mumkin;

migratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida madaniyatlar aralashuvi yuz beradi.
Ko‘pincha demografik jarayonlar orasida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir etuvchi omil sifatida aholi soni o‘sishiga asosiy e’tibor beriladi. Aynan aholi soni ortishi bilan bog‘liq demografik omilning jamiyat hayotiga ta’sirini mutlaqlashtirgan oqimlardan biri demografik determinizmdir. Demografik determinizmni odatda XVIII asr oxiri va XIX asr boshida ijod qilgan ingliz iqtisodchisi T. Maltus bilan bog‘laydilar. Uning asosiy ijod mahsullaridan biri “Nufus qonuni borasidagi tajribalar” asarining yuzaga kelishi ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Maltus shunday fikrni olg‘a surdi: “Agar aholining ko‘payishi hech qanday to‘siqqa uchramasa, u har 25 yilda ikki barobarga ko‘payadi va geometrik progressiya bo‘yicha o‘sadi. Mehnat qilish uchun qulay sharoitlar ostidagi mavjud vositalar hech qachon arifmetik progressiyadan ortiq o‘smaydi”. T. Maltus ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida aholi sonining ko‘payishini e’tirof etadi. Lekin, aholi sonining ko‘payishi taraqqiyotning doimiy omili bo‘lib qolmaydi. Aholi soni o‘sishining ma’lum darajasiga etish jamiyat taraqqiyoti uchun tormoz, keyinchalik esa havf-hatar tug‘diradi.

1-Jadval



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling