Qurbanov ilhomning


Download 1.94 Mb.
bet5/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

Sana
(yillar)

Jahon aholisi
(mln. kishi hisobida)

Er.avv. 400 yil

153

0

252

Eramizning 400 yili

205

1000

305

1500

440

1800

954

1901

634

2000

6000 (100 yilda 3,2 martaga oshgan)

2025

8039 bo‘ladi

Jahon aholisinin o‘sishi

3-Rasm


Dunyo aholisi yer yuzida joylashgan qismlari.

4. TABIAT MUHIT, GEOGRAFIK MUHIT VA INSON MUNOSABATLARINI UYG‘UNLASHTIRISH ZARURATI
Jamiyat tarixi davomida allomalar tabiat va inson nima, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, odamzotni alohida bir mavjudot sifatida qarashga olib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX–XXI asrlar, ya’ni «ilmiy-texnika inqilobi» davriga kelib juda avjiga chiqdi. Tabiat ustidan g‘alabaga erishgan inson barcha ilmu fan tarmoqlarida alohida bir kuchqudrat sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «hokim» emas, balki tabiatning bir bo‘lagi, ya’ni «tabiat oshxonasining bir anjomi». Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof-muhitdan ajratib bo‘lmasligiga shu kunda barcha progressiv aholi tushunib yetdi.
Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni va barcha tirik organizmlarning ehtiyojlarini qondirish manbayi bo‘lgan atrof-muhit deb qaraladi. Falsafa yoki astronomiya nuqtayi nazardan qaraganda son-sanoqsiz yulduzlar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin organizmlar, jumladan insonlar ham o‘zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida ulardan foydalanmaydilar va ulardagi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydilar. Balki barcha tirik mavjudot o‘zlarini o‘rab turuvchi havo (to‘g‘rirog‘i atmosfera havosi), suv, yer, tuproq, Yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne’matlaridan «oldi-orqasi»ga qaramasdan foydalanadilar va ularga ijobiy, aksariyat hollarda salbiy ta’sir etadilar.
Falsafada inson – Yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individ. Lekin inson biosferaning xohlagan yerida yashay olmaydi. U umrining aksariyat qismini yerning quruqlik qismida o‘tkazadi. Ushbu quruqlik yuzasi geografiyada, jumladan, geoekologiyada quruqlik geotizimlari deb ataladi. Biosferaning yuqori organizmlar tarqalgan atmosfera chegarasi stratosferaning azon qatlamining quyi tomonidan boshlanib (17–25 km balandlikda), butun gidrosfera (11, 2 km Tinch okeani Mariana cho‘kmasigacha) va litosferaning yuqori qismi (6–8 km chuqurlikkacha) tushib boradi. Insonlar esa umrining (ayrim suv va Yer osti hamda atmosferada faoliyat olib boradigan kasb egalarini inobatga olganda) Yer ustida olib boradi. Shuning uchun ham biz inson deganda quruqlik geotizimlarida yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, tug‘ilishi bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘luvchi individ, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Yer sayyorasida insonchalik atrofmuhitga ta’sir etuvchi organizmlar yo‘q. Shuning uchun ham unga tegishli barcha tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik munosabatlari alohida fanlar tizimi (ijtimoiy-gumanitar) sifatida qaraladi. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yaratishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, ammo ularning ongli ravishda biron-bir maqsadni ko‘zlab, takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda uyushgan holdagi jamoasi, ya’ni jamiyatning tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘p narsani belgilab beradi. Agar jamiyat o‘z kundalik ehtiyojlarini qondirishni faqatgina tabiatdan izlashni maqsad qilib olsa, atrof tabiatda juda sezilarli darajada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi hech gap emas. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni asrashga, undan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga qaratilgan bo‘lsa, u holda atrof tabiiy muhitda ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi ham mumkin.
Insonlarning, to‘g‘rirog‘i fuqarolarning, muayyan ma’muriy hududda uyushgan qismi, ya’ni davlat orqali salbiy yoki ijobiy jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi tabiatni, xususan, atrof tabiiy muhitni, jumladan, geotizimlarni keskin o‘zgartirib yuborishi muqarrardir. Lekin atrof tabiiy muhitning ma’lum bir mamlakatda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi hozirgi ilmiytexnik inqilob davrida, albatta, o‘zga davlat yoki davlatlarga, ya’ni hamjamiyatga bevosita bog‘liqligi isbot talab etmaydi. Buni Chernobil AES falokatining global miqyosdagi atrofmuhitga bo‘lgan salbiy yoki Janubiy Amerikadagi Amazonka daryo havzasidagi tropik o‘rmonzorlarning Yer sayyorasi atmosfera havosiga ijobiy ta’sirlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xullas, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan, uchinchisi to‘rtinchisidan yoki aksincha kelib chiqadigan kishilik jamiyatining turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy muhit bilan uzviy bog‘langan. Yana bir atamaga o‘quv qo‘llanmada aniqlik kiritib olishimizga to‘g‘ri keladi. Insonlarni o‘rab turuvchi tabiat turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida turlicha – «atrofmuhit», «atrof tabiiy muhit», «insonlarni o‘rab turuvchi muhit», «insonlarning yashash muhiti», deb ataladi. Xo‘sh, qaysi bir ibora ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan to‘g‘ri? Albatta, yuqorida nomlari keltirilgan iboralar turlicha ishlatilishi tabiiy hol. Chunki har bir muallif o‘zining ixtisosligi, yozma asarining kimlarga bag‘ishlanganligi va hattoki, uning kasbiy mahorati hamda ilmiy darajasiga qarab mazkur iboralarni turlicha ifoda etishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz ushbu iboralarga ilmiy izoh berishga harakat qilamiz.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling