Qurbanov ilhomning


Download 1.94 Mb.
bet8/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi

Tabiatshunoslik – tabiatda sodir bo‘lgan, kechayotgan va kechishi mumkin bo‘lgan holat, jarayon va hodisalarni mustaqil hamda ularning inson hayoti bilan bog‘liq ravishdagi qonunlari va qonuniyatlarini ilmiy bilishga qaratilgan fanlar majmuasi. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakli tabiiy muhitning eng asosiy komponentlari – Yer va suvning kichik aylanishiga ta’sir etdi. Lekin ijtimoiy muhitning bunday holati tabiiy tizimlarning buferlik (tashqi ta’sirga qarshi turish qobiliyati) xususiyatini yo‘qotib qo‘ymadi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchilar va amaldorlar sinfining shakllana borishi hamda ish qurollarining takomillashib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarning ko‘payishi natijasida feodalizm va ilk bor bozor munosabatlari yuzaga kelgan kapitalizm davrida iqtisodiy munosabat shakli yuzaga keldi va rivojlandi. Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli – iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchungina, atrof tabiatni iste’molchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va tabiiy tizimlarining o‘zgarishiga olib kelgan hayot tarzi. Kishilarlarning bunday hayot tarzi ekologik tizimlarni katta maydonlarda va keng (global) miqyosda buzdi.
Bu davrda, garchand insoniyat tarixida ilk bor yuridik elementlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qaramasdan, kishilarning ongi, bilimi va madaniyati iste’molchilik psixologiyasida edi. Katta tarixiy muddatni o‘z ichiga olgan, hanuzgacha rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda o‘z asoratini saqlab kelayotgan ushbu munosabat shakli iqtisodiyotning har qanday atrof-muhit muhofazasidan ustuvor ekanligini namoyon etmoqda. Garchand bunday o‘lka va mamlakatlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan samarali foydalanish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar yetarli darajada bo‘lsa-da, lekin ularning amaliy tatbiq etish mexanizmi ishlab chiqilmagan yoki ommalashtirilmagan. Aks holda huquqiy demokratiya va adolat mezonining o‘chog‘i bo‘lmish AQSH preriylarida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida son-sanoqsiz bizonlar yoppasiga qirib tashlanganligi, o‘rmonlar maydoni ikki barobargacha qisqargani, yemirilgan va yuvilgan yerlar 40 mln. ga ga yetgani, qishloq xo‘jaligi oborotidan 58 foiz unumdor yerlar chiqib ketganligini qanday tushunish mumkin. Ilmiy texnika yutuqlari u davrda atrof tabiiy muhit xavfsizligini saqlab qolishga emas, balki global miqyosda qurolli to‘qnashuvlar va sovuq urushlarda g‘olib chiqish, ma’lum bir qatlamdagi aholini boyitishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham J.B.Lamark 1820–1960-yillarni «inqilobiy sanoat yuksalishi», tabiiy tizimlarni esa inqirozga tomon «sudralishi» davri, deb bejiz aytmagan. Shunday qilib, atrof tabiiy muhit inqirozi kishilar faoliyatini unga ta’sirining uch oqibatlar majmuyi – tabiiy resurslarning kamayishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiat tizimlarining buzilishi mahsulidir. Tabiiy resurslarning kamayib va yo‘qolib borishi hamda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi tabiiy tizimlarning buzilishiga va inqirozlarning kelib chiqishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi inqiroz o‘zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishiga, insoniyatni yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasligiga hamda buzilgan tabiat tizimlarini tiklash imkoniyatlari yo‘qolishiga olib kelmoqda. Chunki tabiatda modda va energiyaning aylanish zanjirida turgan biron-bir tabiiy obyektning yo‘qolishi yoki ifloslanishi natijasida uning kamayib ketishi tabiatni o‘z-o‘zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish va qayta tiklash xususiyatlarini yo‘qotib qo‘yadi.
2-Jadval

Jamiyatining tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shaklining Yer sayyorasi va ekologik vaziyatga salbiy ta’siri
Atrof tabiiy muhit inqiroziga misol tariqasida Orol dengizi, to‘g‘rirog‘i ko‘lining atrofidagi holatni olish mumkin. Qachonlardir dunyoda eng katta ko‘llar toifasiga kirgan Orol dengizi tarixan juda qisqa muddat ichida, ya’ni 40–50 yil ichida eng sho‘r, ifloslangan va xalq xo‘jaligi ahamiyatiga deyarli ega bo‘lmagan o‘rtacha ko‘llar toifasiga kirib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri – Amudaryo va Sirdaryo suv rejimining keskin o‘zgarishi.
1982–1983-yillarga kelib ikki sersuv daryolarning Orolga quyilishining 13–14 barobarga kamayib ketishidadir. Natijada, Orol dengizining suv sathi 18 metrga, suv yuzasi 2,5 barobarga, suv hajmi 6 barobarga kamayib ketdi. Suvdan qurigan yuza 4,3 mln. gektarni tashkil qilgani holda deflatsiya (shamol eroziyasi) natijasida tuzlar minglab kilometr doirada atrofmuhitni ifloslantirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo suvlarining og‘ir metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va sho‘rlanishi natijasida ularning suvi ichimlik suvi sifatida foydalanib bo‘lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Qachonlardir baliqchilik va ov qilish maskani bo‘lgan Quyi Amudaryo qurigan qoldiq ko‘llar va sho‘rlangan tuproqlar maskaniga aylanib qoldi.
3-Jadval



Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli natijasida Yer sayyorasi va ekologik vaziyatga ijobiy ta’siri.


XULOSA
Hozirgi zamon ekologiyasi shunday asov otki, uni jilovlash va oʻrgatish juda mushkul. Shunga qaramasdan uni oʻrganish va uni oʻrgatish kerak. Buning uchun tabiiy voqeliklarini tushunib, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab,salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy yondashadigan, tabiat qonunlarini inobatga olibgina qolmasdan, balki shular asosida oʻz hayot- faoliyatini tuzadigan kishilargina ekologlar qatoriga kirish mumkin.
Tabiatning ekologik holati buzilishi- tuproq, havo va suvning tiriklik uchun zararli moddalar bilan ifloslanishi, oʻsimlik va xayvonlarning foydali turlari kamayib ketishi, oʻtloqzorlar, toʻqayzorlar va togʻ yonbagʻirlaridagi buta hamda daraxtlarning kesilishi kabi holatlar natijasida tabiatni muhofaza qilish hozirgi kunning eng olamshumul vazifalaridan biri boʻlib qoldi.
Xalq xoʻjalikning turli tarmoqlari rivojalanishi- tabiiy landshaftlarning tez oʻzgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo boʻlishi, aholi sonining koʻpayishi, energiya, suv va oziq-ovqatga boʻlgan talabning oshishi natijasida, rivojlanish markazlari tabiatning ichkarisiga, buzilmagan joylariga kirib bormoqda. Bu ijtimoiy, industrial va xoʻjalik muammolar, insonning yashash muxiti tubdan oʻzgarishiga sabab boʻlmoqda. Tabiatning bir kichkin joyida ekologik holati buzilishi, unga yondosh boʻlgan katta maydonlar tabiiy holatning buzilishiga sabab boʻlib, natijada turli regionlarning axolisi jabr koʻrmoqda. Shu sababli, atrof-muhitni muhofaza qilish, bu bir kichik regionning emas, balki bir katta qitʼa, undagi xalqlar, davlatlarning xalqaro muammosiga aylanib qoldi. Masalan, Orol, Orol atrofidagi ekologik fojia butun Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonga emas, balki Eron-Turon tuprogʻiga joylashgan davlatlarning hamjihatligida hal boʻladigan global muammodir.
Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatla Chernobel AESning portlashi, Orolning qurishi, Ufa shahridagi himzavodning yonishi va neftning suvda tushishi, Nevada, Semipalatinskda, Lubnurda oʻtkazilgan er usti va er osti yadro portlatishlar taʼsiri yil sayin havfli boʻlib bormoqda.
Agar biz tabiat qoʻynida tinch va sogʻ yashashni xoxlasak, tabiat qonunlarini oʻrganishimiz, oʻzlashtirishimiz va uning qonunlari asosda oʻz hayot faoliyatimizni, ish rejalarimizni, tuzishimiz shart. Aks holda, bizning harakatlarimiz «Jodugar kampirning supurgi ostiga minib, kosmosga safar qilish»ga barobar boʻlib qoladi.
Tabiatning ekologik qonunlari, organizmlarning bir-birlari va ularning atrof- muhit bilan doim boʻlib turadigan munosabatlarini chuqur oʻrganib etgandan keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon sarkor boʻlamiz.
Atrof-muhitga antropogen taʼsiri kengayib bormoqda. Tabiiy muhitning eng asosiy elementlari atmosfera, gidrosfera va litosfera ga katta havf tugʻildi, ular tinimsiz ifloslanmoqda. Bu muammo dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqib, inson sivilizasiyasining asosiga pand bermoqda. Turli kelishmasliklar, befarqliklar atrof-muhit, havo, dengiz-okeanlar, tabiiy boyliklar manbai ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng global ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo 6,3-6,5 mlrd sayyora axolisi, ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar manfaatini oʻz ichiga qamrab oladi. Bu muammo hayotning hamma muammolaridan ahamiyatliroq boʻlib, er yuzidagi tiriklikning, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini saqlashni koʻzda tutadi. Bu xayrli xavf ustida niyatdan orqaga qaytish Yer yuzidagi hayot va jamiyat taqdirini havf ostida, tabiiy ofatlar yoqasiga keltirib, kelajak avlodlarning dunyoga keladigan yoʻlini oldindan berkitib qoʻyishdan iboratdir.
Har tomonlama yetuk mutaxassislar maxsus ekologik yoʻnalishlarga ega boʻlgan oliy bilimdonlarda, universitetlarda oʻziga xos oʻquv dasturlar va rejalari asosida tayyorlanishi kerak. Ekologik muammolarni fan-texnika yutuqlari asosida xal qilish jarayonida ekologiya fani, uning yoʻnalishlari jamiyat va tabiat oʻrtasidagi ziddiyatlarni xal qilishdagi muxim omil xisobalnadi. Ekologik tangliklarning, halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat oʻrtasidagi ekologik ziddiyatlarni echishda ekologiya fanining keyingi yutuqlarini amaliyotda qoʻllash katta ahamiyatga egadir.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling