Qurbongeldiyev ortiqning optika fanidan


-rasm. Nikolning qutblovchi prizmasi


Download 0.7 Mb.
bet10/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1551061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Qurbongeldiyev Ortiq

4-rasm. Nikolning qutblovchi prizmasi.

Nikol prizmasi, island shpatidan yuqorida va ko`rsatilgandek qilib kesib olingan prizmadir. Prizma AB chiziq bo`ylab kesilib, Kanada balzami bilan yopishtiriladi: bu balzamning n=1,550 ga teng bo`lgan sindirish ko`rsatkichi oddiy va oddiymas nurlarning n0 va ne sindirish ko`rsatkichlari orasida yotadi.


Optik o`qi, nur kiradigan yog`i bilan 48o burchak hosil qiladi. Prizmaning yoniga yorug`lik tegishlicha burchak ostida tushganda oddiy nur Kanada balzami qatlamida to`liq ravishda ichki qaytadi va bu nurni qoraytirilgan pastki yoni yutadi. Oddiymas nur kristalldan tushuvchi nurga parallel ravishda chiqadi va yassi qutblangan bo`ladi. Yorug`lik dastasining prizmadan chiqadigan yorug`lik, hali chiziqli qutblangan bo`ladigan eng katta aperturasi 29 ga teng. Nikol prizmasidan boshqa Roshon prizmasi, Senarman prizmasi va boshqa qutblovchi prizmalar mavjud bo`lib, ularning aperturasi Nikol prizmasiga nisbatan ancha kichik.
Qutblovchi yupqa plyonkalar ya`ni polyaroidlar juda kuchli dixroik (turli yo`nalishda turlicha yutuvchi) kristall hisoblangan geropatitdan yasalgan plyonkadir: gerapatitni 1852-yilda Gerapat topgan. Gerapatitning qalinligi 0.1 mm bo`lgan pushti nurlardan birini haqiqatda butunlay yutib qolib, bunday yupqa qatlami yaxshigina chiziqli qutblovchi vazifasini o`taydi.
Ustiga bir xil vaziyatda joylashgan mayda gerapatit kristallari qoplangan ancha katta sirtlar yaratishning bir necha usuli mavjud. Bu usul bilan ishlov berilgan moddalarni polyaroidlar deb atalgan.
Optik o`qiga parallel kesib olingan kristall plastinkaga yassi qutblangan yorug`lik nuri tushayotgan bo`lsin. U plastinka ichida ikkiga ajraladi, ya`ni oddiy (o) va oddiymas (e) nurlarga, ammo kristallning ichida fazaviy jihatdan birlashib tarqaladi, undan chiqqanda esa yana qo`shilib ketadi. Kristallning ichida oddiy va oddiymas nurlarning E vektori tebranishlar o`zaro perpendikulyar tebrangan bo`ladi, tezliklari ham turlicha bo`ladi. Kristalldan chiqqanda, bu vaqt bo`yicha o`z yo`nalishini o`zgartiruvchi tebranishlar qo`shilganda ularning uchlari ellips chizadi, bu ellips tenglamasi quyidagicha
(1)
bu yerda, E0 va E1 lar mos ravishda oddiy va oddiymas nurlarning elektr maydon kuchlanganligi, j‑ fazalar farqi. Shunday qilib yassi qutblangan nur kristallga kirib undan ellips bo`ylab qutblangan nur bo`lib chiqadi. Oddiy va oddiymas nur orasida plastinkadan chiqishda yo`llar farqi vujudga keladi D = (n0– –nl)d yoki fazalar farqi vujudga keladi, bu yerda, d ‑ plastinka qalinligi, l0‑ vakuumdagi to`lqin uzunlik.
Agar yo`llar farqi D=(n0–nl)d =l/4;j = ±p/2 bo`lsa, (1) - ifoda quyidagi ko`rinishni oladi.
(2)
bu ellips tenglamasi bo`lib, ellips kristallning bosh optik o`qiga mos yo`nalishni oladi. Agar E0 = El bo`lsa x2+y2=E02 bo`ladi, ya`ni kristalldan chiqishda yorug`lik sirkulyar qutblangan bo`ladi.
Agar kristallning optik o`qiga parallel yo`nalishida kesib olingan, plastinkada, optik yo`llar farqi D=(n0–nl)d = ±(m+1/4)l0 bo`lsa, chorak to`lqinli plastinka, agar optik yo`llar farqi bo`lsa D=(n0–nl)d = ±(m+1/2)l0 esa yarim to`lqinli plastinka deb ataladi, Bu yerda, m=0,1,2......, (agar plastinka qalinligi l/4 bo`lsa chorak to`lqinli plastinka, l/2 bo`lsa, esa yarim to`lqinli plastinka deyiladi).
Bu plastinkalar chorak to`lqinli l/4 va yarim to`lqinli l/2 dan elliptik hamda sirkulyar qutblangan yorug`lik o`tganda yassi qutblangan yorug`likka aylanadi.
Tabiiy anizotrop kristallarda yorug`likning ikkiga ajaralib sinishini ko`rdik, bunday ikkiga ajralib sinishni sun`iy optik anizotropiya hosil qilish yo`li bilan ham olish mumkin.
Optik izotrop moddalar tashqi ta`sir natijasida optik anizotrop moddalarga aylanadilar:
1) siqilish yoki cho`zilish ta`sirida;
2) elektr maydon ta`sirida (Kerr effekti);
3) magnit maydon ta`sirida;
Yuqoridagi hollarda moddalar bir o`qli kristall xossasini oladilar, ularning optik o`qlari yo`nalishi deformatsiya, yo`nalishiga elektr maydoni va magnit maydoni yo`nalishiga mos keladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling