Qurbonova sevara suyunovna


Tadqiqotning nazariy ahamiyati


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1188158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
boshlangich talim jarayonida iqtidorli oquvchilar imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi

Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, ilmiy izlanishlarimiz davomida kichik 
maktab yoshidagi o‗quvchilar pedagogik-psixologik xususiyatlari hamda ―iqtidor‖ tushunchasi 
nazariy jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu muammoga doir Sharq mutafakkirlari, 
pedagog va psixolog olimlar qarashlari o‗rganilib, tizimlashtirildi. 


Tadqiqotning amaliy ahamiyati ilmiy izlanishlar davomida o‗quvchilar iqtidorlilik 
darajasini aniqlash va rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilganligi va ushbu metodikaning 
amalda qo‗llanuvchanligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqotimizning ilmiy yangiligi shundaki, izlanishlarimiz davomida boshlang‗ich sinf 
o‗quvchilari orasidan iqtidorlilarni aniqlash metodikasi hamda ular iqtidorini rivojlantirishga doir 
topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.
Himoyaga quyidagi holatlar olib chiqildi: 
1. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar hamda ―iqtidor‖ tushunchasining pedagogik-
psixologik tahlili. 
2. Sharq mutafakkirlari va pedagog, psixolog olimlarning ushbu muammoga doir 
qarashlari. 
3. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari orasidan iqtidorlilarni aniqlash metodikasi. 
4. O‗quvchilarda iqtidorni rivojlantirishga doir topshiriqlar tizimi. 
Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat, anketa so‗rovlari, pedagogik eksperiment, qiyosiy 
tahlil kabi pedagogik ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning metodologik asosini Respublika Prezidenti I.Karimovning iqtidorli 
yoshlarni rag‗batlantirishga doir fikrlari, me‘yoriy hujjatlar, ―iqtidor‖ tushunchasiga doir 
pedagogik, psixologik va falsafiy qarashlar tashkil etadi. 
Dissertatsiya kirish, uch bob, yetti paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati va 
ilovalardan iborat. 


I BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI IQTIDORLI O„QUVCHILAR 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling