Qurilish muhandisligi


QURILISh IShLARI SIFATINI TA’MINLASh


Download 401.17 Kb.
bet13/16
Sana16.06.2023
Hajmi401.17 Kb.
#1500609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ADHAM

6 . QURILISh IShLARI SIFATINI TA’MINLASh
Yer polotnosini qabul qilishda loyiha o’lchamlaridan ruhsat etilgan chetlanishlar 12 jadvalda ko’rsatilgan o’lchamlardan oshmasligi kerak.
Yer polotnosini qabul qilishda ruhsat etilgan chetlanishlar o’lchamlari.
12 jadval


t.r.

Uchastkada chetlanishlarni o’lchash joylari

Ruhsat etilgan chetlanishlar o’lchamlari

Nazorat
tartibi

1

2

3

4

1

Yer polotnosi ko’tarmasining o’qi va chetki belgilarining chetlanishlari.

±5

Bo’ylama nivelirlash

2

Yer polotnosi ko’tarmasining toroyishi ( o’q yo’lida chetigacha masofa kamayishi).

Ruhsat etilmaydi

Har bir 50m da o’lchashlar

3

Yer polotnosi prizma yuqori qismi kengligining chetlanishlari.

+10

Har bir 50m da o’lchashlar

4

Yer polotno nishabligi egriligining ortishi.

Ruhsat etilmaydi

Har bir 50m da o’lchashlar

5

Kyuvetlarning ko’ndalang o’lchamlarining kamayishi.

Ruhsat etilmaydi.

Har bir 50m da o’lchashlar

6

Kyuvetlar va drenajlarining loyihadagi bo’ylama og’ishdan chetlanishlar

0,0005.


Har bir 50m da bo’ylama nivelirlash.

7. MEHNATNI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISh TADBIRLARI
7.1. Mehnatni muhofaza qilish
Bitiruv malakaviy ishida mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo’lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo’yicha QMQ 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan echimlar IOBL bosqichida ishlab chiqiladi.
Foydalanishdagi temir yo’l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo’llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo’llarda signalizastiya bo’yicha yo’riqnoma” ko’rsatmalariga rioya qilish lozim. Ayniqsa LEP yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.
Ishlab turgan kommunikastiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishda ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.
Odamlar va mashinalar uchun o’tish joylari odamlar, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o’tish imkoniyatini ta’minlashi shart.Qurilish maydonlari va ish joylari har bir ish toifasi uchun yoritilganlik me’yorlariga muvofiq yoritilishi talab etiladi.
Yoritish uskunalari mavjud tarmoqlar va ko’chma elektrostanstiyalar yordamida tok bilan ta’minlanadi.Yer polotnosini to’kib ko’tarish ishlarini bajarish joylari GOST 12.1.046-85 talablari, shuningdek SSBT tizimi standartlari talablarini hisobga olgan holda ko’chma yoritish moslamalari bilan yoritilishi shart.Ishchilarga sanitariya-gigiena xizmati ko’rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar binolari ko’zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, quritish, isitish xonalari, hojatxonalar joylashadi.Inventar binolar suv ta’minoti vaqtinchalik vodoprovod uchustkalari yordamida amalga oshirilib, ular ishlab turgan yoki loyihalashtirilgan doimiy suv tarmoqlariga ulanadi. Maishiy oqova suvlar uchun maxsus o’ralar qaziladi.

Download 401.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling