61. Irrigatsiya deganda nimani tushunasiz?
Javob: irrigatsiya - obodonlashtirish ob’ektlaridagi ko‘kalamzorlashtirish hududini sug‘orish, shu jumladan, sun’iy sug‘orish;
62. Kam sementli beton asoslari qurilishida nimalarga etibor berilishi kerak ?
Javob: Ishlatiladigan materiallarning sifati va aniq miqdori, materiallar pasport ko‘rsatkichlarining tegishli standart talabiga mosligi, qorishmaning yoyiluvchanligi va quyuqligi, shuningdek zichlanadigan qorishmaga jalb qilinadigan havo xajmi, beton qorishmasini tayyorlash va uni yotqizish texnologiyasining bajarilishi, beton qorishmasiga qarab turish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi. Asos suriluvchi opalubka yordamida qurilganda, sim toriniing (kopirnыe strunы) to‘g‘ri o‘rnatilganligi. Tayyor asosni kovlash (lunki) va har 1 km dan kamida 3 dona olingan kern namunalarini o‘lchash orqali aniqlangan qalinligiga, asos betonining birxilligi va mustahkamligiga, sovuqqa chidamligiga etibor qaratish kerak.
63. Beton qoplama qurilishida laboratoriya nimalarni nazorat qilishi kerak.
Javob: Materiallar sifatini, beton tarkibi va materiallar miqdorining to‘g‘riligini, materiallar to‘g‘ri saqlanishini, beton qorishmani tayyorlashni, tarkib doimiyligini, yoyiluvchanligini va quyuqligini, tayyorlash va yotqizish joyida beton qorishmasiga, biriktirilgan havo hajmini, nazorat namunalarini tayorlash va sinash orqali beton mustaxkamligi va sovuqqa chidamliligining berilgan markaga mosligi, beton qorishmasini tashish, yoyish va zichlashga, qoplamaga ishlov berishga etiborni qaratish kerak.
64. Halokatlarni oldini olish maqsadida loyiha – smeta xujjatlarining sifatini mustaqil tekshirish qaysi tashkilotning vazifasi?
Javob: davlat noidoraviy ekspertizasi;
65. Binoning xizmat qilish muddatini aniqlaydigan konstruksiyaga nimalar kiradi?
Javob: poydevorlar;
66. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi shartnoma tuzishni hohlamasa va xabardor qilmasa, mualliflik nazoratini o‘tkazmalikka ruhsat beriladimi?
Javob: ruhsat berilmaydi, har qanday holatda mualliflik nazorati o‘tkazilishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |