5. Fuqarolarning burchlarini sanab bering.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi qachon qabul qilingan. Shaharsozlik kodeksi necha bob va necha moddadan iborat?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 2021 yilning 22 fevral kuni tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilning 23 may kunidan kuchga kirgan. Mazku kodeks 12 bob va 85 moddadan iborat.
7. Shaharsozlik hujjatlari deganda nimani tushunasiz?
Javob: hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar;
8. Shaharsozlik faoliyati ob’ektlariga nimalar kiradi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’ektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot ob’ektlari (konstruksiyalari) shaharsozlik faoliyati ob’ektlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |