Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) loyihalashtirish qurish ishlarini olib borish tartibini aytib bering ?


Download 491.5 Kb.
bet5/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

22. Ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) loyihalashtirish qurish ishlarini olib borish tartibini aytib bering ?
Javob: Ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi mumkin.


23. Shaharsozlik xujjatlarini kimlar ishlab chiqishi mumkin ?
Javob: Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni boshlash to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin.


23. Qurilish ob’ektlarida nechta nazorat turlari bor ?
Javob: 4 ta


24. Qurilish ob’ektlarida davlat nazoratini necha marta amalga oshirish tartibini aytib bering?
Javob: II toifa — bir oyda ikki martadan ko‘p emas,
III toifa — bir oyda uch martadan ko‘p emas
IV toifa — bir oyda to‘rt martadan ko‘p emas.


25. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar necha turga bo‘linadi ?
Javob: 2 ta (xabardor qilish va kelishish)


26. Qurilishda qanday turdagi namlikdan himoyalash usullari amaliyotda qo‘llaniladi?
Javob:
- eritilgan bitumni surkash;
- yopishtiriladigan o‘ramli bitum bilan himoyalash.


27. Yer ishlarini qabul qilishda qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?
Javob:- Yer ishlarini bajarish jarayonida ishchi loyixalarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, loyixa tashkiloti bilan kelishuvni mavjudligi;
- ish jurnalidagi barcha yozuvlarni olib borilganligi;
- yopiq ishlar dalolatnomalari;
- tuproqni laboratoriya sinovlaridan o‘tganligi;
- geodezik o‘lchov ishlarini (razbivka) to‘g‘ri bajarilganligi to‘risida dalolatnoma;
-qurilish maydonidagi yer osti suvlarni vaqtinchalik qochirish to‘g‘risida dalolatnomasi.



Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling