43. Sertifikatlash deganda nima tushuniladi?
Javob: Maxsulotning, me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha uchinchi tomonning yozma ravishda tasdiqlashi.
44. Nazorat qilinadigan va bajarilishi tekshiriladigan hujjatlar turlarini aytib bering.
Javob: Qurilish jarayonida ishchi loyiha hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini;
loyiha va pudrat tashkiloti — ishlar va xizmatlar ijrochilarida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalash va qurilish faoliyatining litsenziyalashtiriladigan turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarning mavjudligini;
bajariladigan qurilish-montaj ishlarida shaharsozlik normalari va qoidalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda loyiha hujjatlariga mosligini, shuningdek, pudrat tashkilotining qurilish sohasiga oid ijro hujjatlari yuritilishini o‘rganish;
ob’ekt bo‘yicha buyurtmachi, pudratchi va loyihachi tashkilotlarga nisbatan yo‘l ko‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yozma ko‘rsatma berish va ma’muriy javobgarlik choralarini ko‘rish.
mutasaddi vazirliklar va idoralarning hududiy boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish boshqarmalari, tuman, shahar qurilish bo‘limlari tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi;
loyihalash uchun asos bo‘luvchi shaharsozlik hujjatlarining to‘liqligi hamda ushbu hujjatlarning norma va qoidalariga, texnik shart va boshqa hujjatlarga javob berishi;
tuman hududini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi;
yer ajratish va shaharsozlik ob’ektlarini qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha navbatchi rejalarning yuritilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |