Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Tekshirish buyurtmasiga qanday ma’lumotlar taqdim etiladi?


Download 491.5 Kb.
bet16/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

Tekshirish buyurtmasiga qanday ma’lumotlar taqdim etiladi?

Javob: Buyurtmaga jismoniy yoki yuridik shaxsning qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaati nusxasi, «xavfni tahlil etish» tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilish holati bo‘yicha batafsil ma’lumot hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Tekshiruv dasturi ushbu murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yoki «xavfni tahlil etish» tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilishlar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.



  1. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarida komplaens-nazorat bo‘yicha mutaxassis lavozimi qachon va qaysi normativ huquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan ?

Javob: Inspeksiya va uning hududiy nazorat inspeksiyalarida komplaens-nazorat bo‘yicha mutaxassis lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2020 yildagi PQ-4586-son qaroriga asosan tashkil etilgan.



  1. Tekshirish o‘tkazish uchun qabul qilingan buyruqda nimalar ko‘rsatiladi?

Javob: Buyruqda tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.



  1. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi qanday tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi?

Javob: Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.



  1. Tadbirkorlik sub’ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari qachondan bekor qilingan.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-son Farmoniga asosan 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.




  1. Download 491.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling