Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati
Tadbirkorlik sub’ektlar faoliyatidagi tekshiruvlar qachon boshlangan va qachon tugallangan hisoblanadi?
Download 491.5 Kb.
|
Аттестация савол-жавоблари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 101-savol: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat Javob
- «Yagona davlat nazorati»
- 108-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga asosan 01.01.2023 yildan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirish bering.
Tadbirkorlik sub’ektlar faoliyatidagi tekshiruvlar qachon boshlangan va qachon tugallangan hisoblanadi?
Javob: Tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi. Tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ekti mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnoma rasmiylashtirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi. Tekshiruv yakuniga ko‘ra tuzilgan dalolatnomani bir nusxasi tadbirkorlik sub’ektiga taqdim etilgan kun tekshirish yakunlangan hisoblanadi. 101-savol: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari quyidagilardir: Davlat suvereniteti; Xalq hokimiyatchiligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; Tashqi siyosat. 102-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qarori maqsadlari to‘g‘risida tushuntirish bering. Javob: Ushbu qaror 22.08.2022 yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish, nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini oshirish va faoliyati ochiqligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 103-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2021 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli Farmoni bilan qaysi axborot tizimi ishga tushirilgan. Javob: Ushbu Farmonga muvofiq Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlash, shuningdek, davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reestrlarini yuritish imkonini beruvchi «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi ishga tushirilgan. 104-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qaroriga asosan 01.11.2022 yildan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirish bering. Javob: 01.11.2022 yildan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi; tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 105-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qaroriga asosan kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirish bering. Javob: «xavfni tahlil etish» tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’ektini xabardor qiladi; tadbirkorlik sub’ektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik sub’ekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas; tadbirkorlik sub’ektlari uchun profilaktika tadbirlarini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik sub’ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, «ochiq eshiklar kuni» tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi; 106-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qaroriga qaysi xollarda tadbirkorlik sub’ektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega. Javob: Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda; tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda; tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida; ular Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida; 107-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qaroriga asosan 01.01.2023 yildan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirish bering. Javob: 2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga «Yagona davlat nazorati» axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi. 108-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga asosan 01.01.2023 yildan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirish bering. Javob: 2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga «Yagona davlat nazorati» axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi. Download 491.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling