Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirish boshlangan kun qachon hisoblanadi


Download 491.5 Kb.
bet20/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

121-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirish boshlangan kun qachon hisoblanadi.
Javob: Tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektining tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshiruvni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ekti mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan vaqt tekshiruvni o‘tkazish boshlangan vaqt hisoblanadi.
122-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirish tadbirkorlik sub’ektining qaysi faoliyat davri qamrab olinadi.
Javob: Tekshiruv o‘tkazish vaqtidan oldingi uch kalendar yildan, moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda esa besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan muddatdagi faoliyat qamrab olinishi mumkin;
tekshiruvni o‘tkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazilmaydi.
123-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish to‘g‘risida tushuntirib bering.
Javob: Tekshiruvlar natijalari tekshiruv dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Tekshiruv dalolatnomasi kamida ikki nusxada tuziladi.
Bir kunlik muddatda o‘tkaziladigan tekshiruv dalolatnomasi tekshiruv o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshiruv bo‘yicha esa, tekshiruv muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
Bunda, tekshiruv dalolatnomasining nusxalari nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari va tadbirkorlik sub’ektining rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanadi, bir nusxasi tadbirkorlik sub’ekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi.
124-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan vakolatli organni xabardor etgan holda tekshiruvlarni o‘tkazishdan oldin Axborot tizimiga qanday ma’lumotlar kiritiladi.
Javob: Vakolatli organni xabardor etgan holda tekshiruvlarni o‘tkazishdan oldin Axborot tizimiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
tekshiruv o‘tkazadigan nazorat qiluvchi organning nomi;
tekshiruv o‘tkaziladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, IFUT kodi va manzili;
tekshiruv o‘tkazish uchun asos (ishonchli ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki tekshiruv o‘tkazish yuzasidan tasdiqlangan grafik);
talablari buzilishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot;
tekshiruv o‘tkazish muddati;
tekshiruv predmeti;
tekshiriladigan faoliyat davri;
tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq (qaror, farmoyish).
Tekshiruv predmeti talablari tekshiriladigan faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarga to‘la mos bo‘lishi shart.
Ro‘yxatda nazarda tutilgan ayrim tekshiruvlar ular boshlangandan so‘ng 24 soat ichida nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni Axborot tizimiga kiritish orqali ro‘yxatga olinadi.
125-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi PQ-374-sonli Qaroriga ilova Nizomga asosan profilaktika tadbirini o‘tkazish natijasi bo‘yicha nazorat qiluvchi organ Axborot tizimga qanday ma’lumotlar kiritadi.
Javob: Profilaktika tadbirini o‘tkazish natijasi bo‘yicha nazorat qiluvchi organ Axborot tizimga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
profilaktika tadbirini o‘tkazgan nazorat qiluvchi organ va uning tegishli tarkibiy bo‘linmasi nomi;
profilaktika tadbirining shakli;
profilaktika tadbiri ommaviy ravishda o‘tkazilgan taqdirda unda ishtirok etgan tadbirkorlik sub’ektlarining umumiy soni, o‘tkazilgan tadbir bayoni;
profilaktika tadbiri manzilli amalga oshirilganda unda qatnashgan tadbirkorlik sub’ektlari soni va ularga berilgan tavsiya va xabarnomalar soni va mazmuni;
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida veb-saytlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda blog va chatlar orqali o‘tkazilgan muhokamalar, ular o‘tkazilgan sana, manzili.
126-savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2022 yildagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-sonli Qarorida nimalar nazarda tutilgan.

Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling