Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Download 491.5 Kb.
bet22/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

.
Javob: Xavf darajasining tahlili quyidagi ma’lumotlarni o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
ma’muriy ma’lumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
davriy statistika ma’lumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik sub’ektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar;
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik sub’ektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
130-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2021 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli Farmoni maqsadlari to‘g‘risida tushuntirish bering.
Javob: Ushbu Farmon tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va «Soliqchi — ko‘makchi» tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
131-savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2021 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli Farmonga asosan qanday o‘zgartirishlar kiritildi.
Javob: 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshirishi;
Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik sub’ekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etishi;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritilishi;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi, bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasnoligi belgilab berilgan.
Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling