Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi qaysi xujjatlarda ko‘rsatilgan ?


Download 491.5 Kb.
bet9/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

45. Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi qaysi xujjatlarda ko‘rsatilgan ?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qarori
7-ilovasi, ShNK 3.01.04-19


46. Qurilish ob’ektidagi aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani eng uzoq muddati necha kunga beriladi ?
Javob: 60 kungacha.


47. Qurilish ob’ektlarida nazorat ishlari kimlar ishtirokida o‘tkaziladi ?
Javob: qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyalari
Loyiha tashkilotining mualliflik nazorati
Buyurtmachining texnik nazorati
Pudratchining ichki nazorati
Zarur hollarda, nazorat qilish maqsadlari uchun loyihalashtirish, bank va (yoki) boshqa manfaatdor tashkilotlar mutaxassislari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.


48. Qurilishi tugallangan ob’ektni o‘z vaqtida topshirish-qabul qilish va uni foydalanishga topshirish uchun kim javobgar bo‘ladi ?
Javob: Buyurtmachi.
49. Ob’ektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurganlik uchun mansabdor shaxslarga qonunchilikda qanday choralar ko‘riladi?
Javob: mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


50. Standartlashtirish sohasida qaysi davlat organlari faoliyat ko‘rsatadi?
Javob: “Standartlashtirish to‘g‘risida” O‘z.R. hamda “Texnik jihatdan tartibga solish” Qonunlariga muvofiq Uzstandart agentligi, Qurilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi.


51. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi necha qismdan iborat?
Javob: 9 ta



Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling