Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
rasm. Siklonli issiqlik almashtiruvchilar tizimi
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma pechlarda klinker kuydirishda o‘tadigan jarayonlar
7.1rasm. Siklonli issiqlik almashtiruvchilar tizimi.
7.2-rasm. Aylanma o‘choq va siklonli issiqlik almashtiruvchilar kuydirish sexi. 1-aylanma xumdon 4x60m; 2-xumdonning sovuq tomonidagi kamera; 3-sarflovchi bunker; 4-siklonlar; 5-siklonli issiqlik almashtiruvchi; 6-gaz o‘tkazgich; 7,13-tutun yutuvchi; 8-tegirmon ventilatori; 9-tegirmon; 10-sepaartor; 11-ajratuvchi siklon; 12-elektrofiltr; 14-yengsimon filtr; 15- aerojelob; 16-shneklar; 17-xom-ashyo uchun transporter; 18-yonilg‘i uchun moslama. Aylanma pechlarda klinker kuydirishda o‘tadigan jarayonlar Xom-ashyoviy aralashmani kuydirish va sement olinishi murakkab fizikaviy, fizik-kimyoviy jarayonlar bilan o‘tadi. Jarayonlarni xarakterini kuydirish harorati aniqlaydi. Shlam (xom-ashyoviy aralashma) gazlarni ta’sirida (300-600 o S) suvsizlanadi, quyuqlashadi. Keyinchalik yirik zarrachalarga aylanadi. Pech uzunligi bo‘yicha shlam yo‘naltiriladi, 400-500 o S da moddada organiq qo‘shimchalar kuyadi va kaolinit suvsizlanadi Al 2 O 3 2SiO 2 hosil bo‘ladi. 115 Qurish bo‘linmasida harorat 600 o S dan 700 o S ga uzluksiz osha borishda tushayotgan xom-ashyo quriydi. Qurigan modda uvalanadi, aylanib tushayotganda uvalangan xom-ashyo yanada mayda shakllarga bo‘linadi. 700-800 o S haroratda boshqa gil komponentlar suvsizlanadi va bu isitish bo‘limi deb ataladi. Bu ikki bo‘linma ishlab chiqarishning xo‘l usulida pech uzunligining 50- 60% ini egalaydi, quruq usulda esa xom – ashyoni tayyorlash bug‘lanish bo‘linmasi hisobiga qisqaradi. 750-800 o S va undan yuqori haroratda tarkibidagi moddalari orasida qatiq xolatda reaksiya boshlanadi, va har xil o‘lchamdagi granulalar hosil bo‘ladi. Karbonsizlanish bo‘linmasi – uzunligi pech uzunligining 20-23%ni tashkil qiladi. Bu bo‘linmada kuydirilayotgan moddaning harorati 700 o S dan 1100 o S gacha ko‘tariladi. Bu yerda kalsiy va magniy karbonat tuzlarining bo‘linishi jarayeni nixoyasiga yetadi va katta miqdordagi erkin kalsiy oksidi, SO 2 yuzaga keladi. Harorati 900 o S-1100 o S bo‘lgan bo‘lim kalsiyga boy etish bo‘limi deb ataladi. SaSO 3 ning termik bo‘linishi – issiqlikning katta yutilishi bilan kechuvchi endotermik jarayon bo‘lib, bu tufayli pechning shu bo‘linmasida issiqlik iste’moli katta bo‘ladi. Shu bo‘linmada suvsizlangan gilli minerallarning Si 2 , Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 oksidlariga parchalanishi yuz beradi. SaO esa 3SaO Al 2 O 3 va qisman 2 SaO Al 2 O 3 tipidagi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi. Ekzotermik reaksiyalar bo‘linmasida (1100-1250 o S) 3SaO, Al 2 O 3 , 4CaO, Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 hosil bo‘lishining qattiq fazali reaksiyalarni kechadi va pech uzunligining 5 - 7% ini egallaydi, katta miqdorda issiqlik chiqishi va modda haroratining intensiv ravishda ortishi (150 0 - 200 0 S ga) bilan birgalikda kechadi. Erish bo‘linmasida 1300-1450 o S — (davomiyligi pechning 10-15% ini tashkil qiladi) pechning harorati kuydirilayotgan modda uchun eng yuqori harorat (1450 o S) ga erishadi. Bu moddaning qisman erishi va alit 3CaO, SiO2 hosil bo‘lishi uchun zarur. 1300 o S da kuydirilayotgan modda xajmining 20-30% miqdori (nisbatan yengil eruvchi minerallar C 3 A, C 4 AlF, MgO, CaO va aralashmalar) eriydi. Haroratning 1450 o S gacha ko‘tarilishida klinker suyuqligida 2SaO SiO2 va SaO eriydi va 116 eritmada ulardan alit ZSaO SiO 2 hosil bo‘ladi. Alit eritmada yomon eriydi buning natijasida undan mayda kristalchalar ko‘rinishida ajralib qoladi. Alit hosil bo‘lish jarayoni modda 15-20 minut erish bo‘linmasida bo‘lganda tugaydi. Pechning aylanib turishida modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli mayda zarrachalar granullar bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450 o S dan 1300 o S ga pasayishi eritmadagi MgO ning periklaz ko‘rinishida) qotishga olib keladiki, bu qotish erish bo‘linmasidan keyin keluvchi sovish bo‘linmasida tugaydi. Sovish bo‘linmasida klinkerning harorati 1300 o S dan 1000 o S gacha pasayadi; bu yerda uning tuzilishi va alit C 3 S, belit C 2 S va boshqa minerallarni, periklaz, shishasimon faza hamda ikkinchi darajali tashkil etuvchilarni o‘z ichiga oluvchi klinker tarkibi butkul shakllanadi. Klinkerda erkin ohak SaO 0,5-1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Klinker aylanuvchi pechdan to‘q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli granulalar ko‘rinishida chiqadi, klinker pechdan chiqishida 1000 o S ga ega bo‘ladi va turli turdagi sovutkichlarda 100-200 o S gacha sovutiladi va bir-ikki xafta omborxonada saqlanadi. Sement ishlab chiqarishning quruq usuli so‘nggi yillarda anchagina takomillashtirildi. Eng ko‘p quvvat talab qiluvchi jarayon bo‘lmish xom-ashyoni karbonsizlantirish — aylanuvchi pech zimmasidan olinib, bu jarayon tezroq kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig‘idan foydalanuvchi dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom-ashyoviy unn avval siklonli moslamalar tizimiga tushib, bu yerda muallaq holda (qaytayotgan) gazlar bilan isitiladi va issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladi. Issiqlik bergichlarni dekarbonizator bilan birgalikda pechning uzunligi taxminan ikki marta qisqaradi. Bizning O‘zbekistonda portlandsement tayyorlashning yangi usuli — klinkerni xloridlarning tuzli eritmasida kuydirish usuli topildi. Bu usulni muallifi B.B. Nudelman bo‘lib, u pechning asosiy reaksion muhiti (silikatli eritma)ni xloridlar asosidagi tuzli eritma bilan aralashtirdi. Alunit — yuqori asosiy Al-Cl kalsiy silikati bo‘lib, tarkibida 2,5% xlorid mavjud. Bu holda klinker 3-4 marta yengilroq maydalanadi, bu esa tuyishning quvvat sarfini 117 kamaytirish va tuyuvchi asboblar sonini qisqartirishi imkonini beradi. Alunitli sement dastlabki muddatlarda tezroq gidratlanadi. Biroq bu turdagi sementdan foydalanilgan konstruksiyalar tez yemirilishi kuzatilgan. Bugunda bu sementdan tayyorlangan betonning yemirilishi chidamliligiga chuqur o‘rganilmoqda. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling