Qurish usullarini tahlil qilish
Gruntlarni mustahkamlashda innovatsion materiallardan foydalanish
Download 7.54 Mb.
|
1-TOPSHIRIQ
Gruntlarni mustahkamlashda innovatsion materiallardan foydalanishPoydеvorning asosiy o’lchamlari gruntning hisobiy qarshiligiga javob bеrmagan taqdirda, ularning asosiy o’lchamlari poydеvorni kеngaytirish (qo’yilish chuqurligini oshirish) yo’llari bilan amalga oshiriladi. Biroq, yana boshqa yo’li ham bor: poydеvor o’lchamlarini oshirish o’rniga bo’sh gruntni biror qurilish tadbir choralarini qo’llab uning yuk ko’tarish qobiliyatini oshirish va mustahkam grunt bilan almashtirish mumkin. Gruntlarni sun'iy mustahkamlash usullarining hammasi 3 guruhga bo’linadi: a) bo’sh gruntlarni mustahkam gruntlar bilan almashtirish; b) gruntlarni shibbalash (zichlash); v) gruntni sun'iy qotirish.
DU-26 markadagi kulachokli tirkalma g‘altakmola rasmda bog’langan va kesakli gruntlarni qatlamma-qatlam zichlashga mo'Ijallangan. G‘altakmola kulachokli g'aitakdan. qinriehli ramadan va tirkash qurilmalari bo'lgan ikkita shotidan tuzilgan. G‘altakmolaning g‘altagi 1 metall listidan payvandlab yasalgan konstruksiyadir. Diametri 1,4 m li g‘altakning silindrik sirtiga shaxmat tartibida 160 ta kulachok 10 qator qilib payvandlangan. Har bir kulachokning uzunligi 0,2 m bo‘lib, kesik konus shakliga ega. Kulachoklarning bunday shakli g‘altakmola oldinga va orqaga vurganda gruntning bir xilda zichlanishini ta’minlaydi. Gruntga bo‘ladigan solishtirma bosimini oshirish uchun g‘altak yuklash darchalari 4 orqali ballast bilan toidiriladi. G'altak uning gupchaklariga o‘rnatilgan rolikli podshipniklarda aylanadi. G‘altakmolaning payvandlab yasalgan ramasi 3 g‘altakka o‘ralgan. Ramaga maxsus boltlar yordamida ikkita shoti 7 mahkamlangan, ularga tirkash ilmoqlari osrnatiladi. Kulachoklarni yopishib qolgan gruntdan tozalab lurish uchun ramaga qirgichlar 5 o‘rnatilgan. Rama balkalari ichiga cho'yandan ishlangan ballast yuklar o‘rnatilgan. Yengil tipdagi kulachokli g‘altakmolalar bilan gruntlar 0,2 m gacha chuqurlikda, og‘ir tipdagilari bilan esa 0,4 m gacha chuqurlikda zichlanadi. Traktorning tortish kuchidan toiaroq foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida bitta traktorga uchtagacha g‘altakmola tirkash rnumkin. Zichlanadigan polosaning enini oshirish va to'qma chetidagi tuproqni ham zichlash uchun g‘altaklarini bitta o‘qda joylashtirish yo‘li bilan g‘altakmolalar seksiyalarga birlashtiriladi. G‘altakmolalarni birlashtirish ularning shotilari o'rnini almashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. G ‘altakmola ramasidagi boltlarning teshiklari bir-biridan shotini bir yo‘la ikkita g‘altakmolaga biriktirish imkonini beradigan masofada joylashgan. Download 7.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling