Qurish usullarini tahlil qilish
Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020−2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab ch
Download 7.54 Mb.
|
1-TOPSHIRIQ
Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020−2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi. Qaror loyihasi bilan: “Ochiq byudjet” tamoyillari asosida yoʻl qurilishi, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, ekspluatatsiyasi, chet eldan import qilinadigan asosiy yoʻl qurilish materiallari va texnikalar uchun yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarning toʻliq shaffofligi; yoʻl qurilishi va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni shakllantirishda yoʻllardan foydalanuvchilarning fikrini inobatga olish; yoʻl qurilishi va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichini jamoatchilikning nazorati ostida olib borish; yoʻl qurilishi bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish yakunlari boʻyicha obyektlarni qabul qilish jarayonida jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlash koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda avtomobil yoʻllari sohasiga tegishli maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga oladigan Shaffof Yoʼl onlayn axborot platformasini va uning mobil ilovasini sinov tartibida ishga tushiradi va yurituvini yoʻlga qoʻyadi. Platformani ishlab chiqish, ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Maʼlumotlarni platformaga oʻz vaqtida va toʻliq holda joylashtirish hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisiga shaxsiy masʼuliyat yuklanadi. Bundan tashqari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga Kadastr agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar xorijiy tajribaga asoslangan holda platformada Oʻzbekistonda mavjud barcha toifalardagi avtomobil yoʻllarining onlayn xaritasini joylashtirishi hamda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining Interaktiv onlayn-xaritasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilmoqda. Download 7.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling