Qurish usullarini tahlil qilish


YO‘L POYI QURILISHIDA SIFAT NAZORATINI TASHKIL ETISH MASALALARI


Download 7.54 Mb.
bet2/9
Sana11.10.2023
Hajmi7.54 Mb.
#1698398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-TOPSHIRIQ

YO‘L POYI QURILISHIDA SIFAT NAZORATINI TASHKIL ETISH MASALALARI
Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Joyning relyefi, geologiya, gidrogeologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan yo‘l poyining namunaviy tuzilmasi 2.1 va 2.2-rasmlarda keltirilgan [1]. Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan katta botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar.
Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan. Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan uchastkalarini topshiradi. Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon beradi. Oqim g’oyasi sanoatdan olingan bo’lib, yo’l qurilishiga o’tkazilgan. Farqi shundaki, sanoat konveyerida mahsulot ish joylari bo’ylab asta-sekin bir xil tezlikda harakatlanadi, yo’l qurilishida esa yo’l emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan bo’linmalar ma’lum tezlikda yo’lda harakatlanadi.
Avtomobil yo’lining talab darajasidagi foydalanish xususiyatlari va ish qobiliyatini ta’minlash uchun uni qurish jarayonida qator shartlarni bajarish zarur: yo’l poyining talab qilinadigan mustahkamligi va chidamliligini, yo’l to’shamasining mustahkamligini (jumladan, yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlari orasidagi kontakt zonalari) va yo’l qoplamasining ravonligini ta’minlash. Shu maqsadda ishlov berish qatlamlari va to’kish qatlamlari bo’yicha tuproqlarning bir xil bo’lishini; tuproqni shibbalaganda uning qatlamlari qalinligi va namligi bir xil bo’lishini; to’kilayotgan tuproq qatlamlarining optimal namligi, zichligi va tekisligini; konlarda va qurilish joyida suv ketadigan qurilmani ta’minlash darkor. Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlarini qum, chaqiq tosh va shag’alli materiallardan qurishda quyidagilarni ta’minlash talab qilinadi: materiallarni tayyorlash va yotqizish joylarida tarkibi bo’yicha bir xil bo’lishi; shibbalashda qatlamlar namligi va qalinligi bo’yicha bir xil bo’lishi; shibbalashda talab qilinadigan o’rtacha namlik, zichlik va tekislik; suv ketadigan qurilma hamda shag’alli va chaqiq toshli zichlanmagan qatlamlar bo’ylab avtomobillarning harakatlanishiga yo’l qo’ymaslik.

Download 7.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling