Qurish usullarini tahlil qilish
YO‘L POYINI QURISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Download 7.54 Mb.
|
1-TOPSHIRIQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlash ishlari
- Qurilish-montaj ishlari
YO‘L POYINI QURISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARIAvtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi. Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan iborat. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi. Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o’z ichiga oladi. Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy inshootlar, yo’l to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino va inshootlarni jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi. Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga 18 ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur. Shuningdek, kichik mexanizatsiya vositalari va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo’llanmoqda, bu esa ish unumdorligini oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo’l mehnatini yengilashtirishga yordam beradi. Ishlarni to’gri tashkillashtirishni faqat kompleks mexanizatsiyalashtirilgan holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, unumdorligi va asosiy parametrlari bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi. Download 7.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling