Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar
Download 0.56 Mb.
|
атж
Kolonnali ekstraktorlar. Suyuqlik-suyuqlik sistemasiga mo‘ljallangan kolonnali ekstraktorlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
1) qo‘shimcha energiya berilmaydigan kurilmalar;2) tashkaridan qo‘shimcha energiya beriladigan qurilmalar. Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g‘alvirsimon ekstraktorlar, Ikkinchi turga esa rotorli, pulsasion, vibrasion va boshka ekstraktorlar kiradi.Suyuqlikni sochib beruvchi kurilmalar ichi bush silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan bittasi yaxlit oqim bilan ikkinchi faza esa qarama-qarshi yunalishda mayda tomchilar xolatida xarakat kiladi. Bunday kurilmalar oddiy tuzilishga ega, birok ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya va rektifikasiya uchun ishlatiladigan shunga uxshash kurilmalardan fark kil-maydi.Sanoatda ko‘pincha galvirsimon tarelkali ekstraktorlar ishlatiladi. Bunday kurilma vertikal silindrsimon kobik 1 va kuyilish kurilmalari 3 bo‘lgan galvirsimon tarelkalar 2 ga ega. Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Ogir faza (OF) shtuser 4 orqali kolonnaga uzluksiz beriladi, yaxlit oqim bilan pastga xarakat kiladi va shtuser 7 orqali tashkariga chikadi. Yengil faza (YeF) uzluksiz ravishda shtuser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning osti qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali utganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar ko‘payish kuchi ta’sirida yaxlit faza ichida yukoriga xarakat kiladi va tarelka zonasiga yetganida o‘zaro kushilib, suyuqlik katlamini xosil kiladi. Bu katlam tirgovich katlam deb yuritiladi. Bu katlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali utib yana tomchilar xosil kiladi. Apparatda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga kuyilish kurilmalari 3 yordamida utadi.Shunday kilib, bitta kolonnada ko‘p marotaba suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular kushilib, suyuqlikning tirgovich katlamini xosil kilishi yuz beradi. Eng yukorigi tarelkadan kutarilib chikayotgan tomchilar kushilib, yengil suyuqlik katlami — ekstrakt (YeF) ni xosil kilib, fazalarni ajratuvchi satx a ga ega bo‘ladi va apparatdan shtuser 5 orqali tashkariga chikariladi. Ogir faza (rafinat) apparatning pastki qismiga joylashgan shtuser 7 yordamida apparatdan uzatiladi. Tarelka teshiklaridan chikayotgan tomchilarning tezligiga kura, tomchi xosil kilishning uch rejimi bor: 1) notekis tomchi xosil bulishi (kichik tezliklarda); 2) bir tekisda tomchi xosil bulishi (tezlik biroz ortganda); 3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan chikishi (katta tezliklarda). Tajribalarning ko‘rsatishicha, galvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan utish tezligi 0,15÷0,30 m/s bulishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar xosil kilish rejimi mavjud bo‘ladi. Tarelkalar oraligidagi masofa 0,25÷0,60 m kilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustunidagi balandligi 0,2 m atrofida bulsa, modda utkazish jarayoni tez ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3÷6mm bo‘ladi.Tarelkali ekstraktorlar ichi bush va nasadkali kolonnalarga nisbatan birmuncha samarali ishlaydi.Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oraligidagi fark 100 kg/m3 dan kam va fazalar urtasidagi sirt taranglik kuchi katta kiymatga ega bulsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashkaridan energiya beriladigan, ya’ni mexanik aralashtirgich bilan jixozlangan ekstraktorlar ishlatiladi. Mexanik aralashtirish diskli, turbinali, parrakli va shu kabi aralashtirgichlar yordamida amalga oshiriladi. . Tashkaridan energiya beriladigan ekstraktorlar katoriga birinchi navbatda rotorli apparatlar kiradi. Bu turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlaridan biri Shaybel kolonnasi xisoblanadi. Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2 seksiyalaridan ta shkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3 urnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli kilib tukilgan turlar) bilan tuldiriladi. Rasm a da ko‘rsatilgan ekstraktorning aralashtirish seksiyasi 1 bilan tindirish seksiyasi 11 oraligida gorizontal xalkasimon tusiklar I bor. Shaybel kolonnasining oxirgi variantlarida fazalarni aralashtirish uchun turbinali aralashtirgichlar ishlatilgan (rasm,b). Turbinali ara-lashtirgich 1 kuzgalmas xalkasimon tusiklar 2 va simli tusik katlami 3 urtasida joylashtirilgan. 12. Rasmda ko‘rsatilgan rotorli-diskli ekstraktor kolonnadan iborat bulib, uning uki buylab dumalok gorizontal disklari 2 bo‘lgan vertikal val 1 xolatidagi rotor urnatilgan. Xalkasimon tusiklar 3 oraligidagi bushlikda disklar 2 aylanma xarakat kiladi. Rotor elektr uzatma 4 yordamida xarakatga keladi. Yengil faza apparatning pastki qismidan, ogir faza esa— tepa qismidan beriladi.Aylanuvchi disklarning ta’sirida seksiyalardagi fazalar murakkab sirkulyasiyey xarakat kiladi, bunda suyuqliklarning radial va ukli xarakatlari bir-biriga kushilib ketadi. Dispers va yaxlit fazalar qarama-qarshi oqim bilan xarakat kiladi; tomchilar disklar yordamida maydalanib, kolonnaning chekkasi tomon uloktiriladi, bunda tomchilar kolonnaning devori bilan va o‘zaro tuknashadi. Bir vaktning uzida tomchilarning maydalanishi bilan birga ularning kushilib ketishi xam yuz beradi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling