Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar
Download 0.56 Mb.
|
атж
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nasadka turlari.
- Tarelkali kolonnalar.
Nasadkali kolonnalar. Bunday kolonnalar qurilmadagi suyuqlikni kam miqdorda ushlab qolish talab qilinganda, bosimlar farqi kichik bo‘lganda xamda kichik xajmdagi ishlab chiqarishlarda ishlatiladi.Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o‘tadigan tayanch to‘rlarga o‘rnatiladi. Qurilmaning ichki bo‘shlig‘i nasadka bilan to‘ldirilgan bo‘ladi yoki xar birining balandligi 1,5-3 m bo‘lgan qatlamlar xolatida joylashtiriladi. Gaz to‘rning tagiga beriladi, so‘ngra nasadka qatlamidan o‘tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o‘tayotgan pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samaradorli ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir xil sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt esa nasadkalar yordamida xosil qilinadi.Xozirgi kunda sanoatda kolonnalarni to‘ldirish uchun turli nasadkalar ishlatiladi. Ular tartibli va tartibsiz xolda o‘rnatiladi. 1. Solishtirma yuza, m2/m3; bu kattalik absorberning 1 m3 xajmiga to‘ldirilgan nasadkaning yuzasini bildiradi.2. Erkin xajm, m3/m3; bu kattalik 1 m3 xajmdagi nasadkalarning ichida qancha erkin xajm borligini ko‘rsatadi.3. Suyuklikning ushlab qolish qobiliyati, m3/m3; bu kattalik nasadka qatlamining xajm birligida ushlab qolinadigan suyuqlikning miqdorini bildiradi.4. 1 m3 nasadkaying massasi, kg.Nasadkalar sifatida Rashig xalqalari, keramik bugomlar, koks, maydalangan kvars, polimer xalqalar, metalldan tayyorlangan turlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi.
Nasadka turlari. a-yassi parallel; b-keramik fasonli va ularni joylash usullari (v-betartib; g-tartibli) Sanoatda ko‘proq Rashig xalqalari ishlatiladigan nasadkali kolonnalardan keng foydalaniladi. So‘nggi yillarDa nasadkalarning‘ bir kator yangi turlari yaratildi. Bunday nasadkalarni katta diametrli kolonnalarda ishlatish xam katta samara bermokda. Natijada nasadkalarni ayrim turlari katta xajmda ishlab chiqarishda foydalana boshlandi.6.1 jadvalda nasadkalarni nisbiy kattaliklari keltirilgan. Nasadkaning asosiy kattaliklari Rashig xalqasiga nisbatan olingan. Nasadkalarning nisbiy kattaliklari 6.1 jadvalNasadkalar samarali ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak; 1) nasadkalar xajmi birligida katta yuzaga ega bo‘lishligi; 2) sochilib beriluvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi; 3) gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko‘rsatishi; 4) sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi; 5) kolonnada xarakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan kimyoviy mustaxkam bo‘lishi; 6) solishtirma og‘irligi kam bo‘lishi; 7) mexanik jixatdan mustaxkam; 8) arzon bo‘lishi lozim.Katta' diametrli kolonnalarda nasadka bo‘ylab suyuqlikning bir mexyorda tarqalishiga erishish qiyin. Shu sababli sanoatda nasadkali rektifikasion kolonnaning diametri odatda 0,8... 1 m dan ortiq bo‘lmaydi. Tarelkali kolonnalar. Bunday qurilmalar vertikal kolonnadan iborat bo‘lib, ichki qismiga uning balandligi bo‘ylab bir xil oraliqda bir nechta gorizontal to‘siqlar, yaxni tarelkalar o‘rnatilady. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashib, ularning xarakati boshqariladi. Gazyaarning suyuqlikdan o‘tishi va natijada tomchi xamda ko‘piklarning xosil bo‘lishi barbotaj deyiladi.Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab, tarelkali kolonnalar: quyilish qurilmasi bor va quyilish qurilmasi yo‘q bo‘ladiQuyilish qurilmasi bor tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyiluvchi truba yoki maxsus qurilma orqali o‘tadi. Bunda trubani pastki qismi pastki tarelkadagi stakanga to‘shirilgan bo‘lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, yaxni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o‘tkazib, gazni o‘tkazmaydi.Turli xildagi quyilish qurilmasi bo‘lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik xarakat rejimiga bog‘liq.Tarelkali yoki barbotajli qurilmalar sanoatda ko‘p ishlatiladi. Barbotajli kalonnalar katta xajmdagi aralashmalarni ajratish maqsadida, bug‘ va suyuqlikning miqdorlari katta xajmda o‘zgargand» xamda aralashiani aniq ajratish lozim bo‘lgan vaqtda ishlatiladi.: Bunday kurilmalarning gidralik qarshiligi bir oz katta, lekin buning axamiyati unchalik katta emas. Rektifikasiya jarayonida gidravlik qarshilikning ortishi bosimning bir oz ko‘payishiga sabab bo‘ladi, bu xol o‘z navbatida qaynatgichda suyuqlikning qaynash xaroratini ortishiga olib keladi. Tarelkali qurilmalarda suyuqlik va bug‘ fazalar o‘rtasidagi kontakt yuzasi yuqoridir. Demak, tarelkalardan foydalanib nisbatan kam massali va kichik o‘lchamli xamda katta unumdorlikka ega bo‘lgan qurilmalar yaratilish imkoniyati tug‘iladi.Kimyo va neft kimyosi sanoatidagi rektifikasion qurilmalarda asosan yetti xil tipdagi kontakt tarelkalari ishlatiladi: 1) g‘alvirsimon; 2) g‘alvirsimon — klapanli; 3) klapanli; 4) jalyuzali — klapanli; 5) qalpoqchali; 6) g‘alvirsimon ko‘p quyilishli; 7) panjarali, Tarelkalar oralig‘idagi masofa Gʻ = 200 + 1200 mm bo‘lishi mumkin, ko‘pincha I ning qiymati 200; 300; 400; 500 va 600 mm ga teng qilib olinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling