Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar
Download 0.56 Mb.
|
атж
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUYUQLIKLARNI XAYDASH JARAYONI XAQIDA UMUMIY
- 1) oddiy xaydash (distilyasiya); 2) murakkab xaydash (rektifikasiya).
a-ichi bo‘sh; b-sharsimon nasadkali.
Fazalarning nisbiy tezligi katta va gaz oqimi to‘lqinsimon xarakatda bo‘lgani uchun bu qurilmalarda gaz fazasidagi massa almashinish koeffisiyenti yuqori bo‘lib, bu absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni suyuqlikka yuttirish uchun keng qo‘llaniladi. DESORBSIYAAbsorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiya jarayonining asosiy maqsadi ishlatilgan absorbentni regenerasiya qilish xamda yutilgan gazni xaydash yoki rektifikasiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir.Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo‘llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko‘ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, buь-gaz aralashmasida aseton suv yordamida absorbsiya yo‘li bilan ajratib olinganidan so‘ng, suyuqlik tarkibidagi aseton rektifikasiya yordamida ajratib olinadi.Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usul yordamida ajratib olinadi; 1) inert gaz yoki suv buьi yordamida ajratib olinadi; 2) absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi; 3) absorbsiya jarayonidan so‘ng absorbentning bosimini kamaytirish natijasida ajratib olinadi.Inert gaz yoki suv buьi taosirida ajratib olish. Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya qilish uchun inert gaz yoki suv buьi ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv buьi suyuqlik bilan bevosita bir-biriga taosir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori bo‘lgani uchun bu komponent suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv buьiga o‘tadi. Yutilan gazni suyuqlikdan butunlay ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va suv buьi taosirida qarama -qarshi yunalishda yoki nasadkali kolonnalarda olib boriladi. Inert gaz sifatida xavo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olinadigan komponent boshqa maqsadlarda ishlatilmagan xollarda qo‘llaniladi.Absorbentga issiqlik berish yo‘li bilan yutilgan gazni ajratibolish. Desorberga issiqlik berilganda, masalan, u suv buьi bilan isitilganda, suyuqlikdadesbrbsiya qilinayotgan komponent bilan absorbentning xam bir qismi buьlanadi. Xosilbo‘lganaralashmalardan kerakli komponentni ajratib olish uchun rektifikasiya jarayoni qo‘llaniladi.Absorbentning bosimiii kamaytirib gazni ajratib olish. Bu desorbsiya usuli juda oddiy bo‘lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya qilinadi. Agar a&yeorbsiya jarayon« atmosfera brsimida olib borilsa, u xolda desorbsiya qilinuvchi komponent vakuum - nasos yordamida tortib olinadi. Eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan komponentni butunlay ajratib olish uchun ko‘pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan birgalikda past bosim ostida olib boriladi. SUYUQLIKLARNI XAYDASH JARAYONI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo‘llaniladigan usullardan eng keng tarqalganlari haydash va rektifikasiyadir.Haydash va rektifikasiya jarayonlari kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi. Masalan, oziq – ovqat va kimyo sanoatlarida etil spirt, vino, liker - aroq va efir moylari aromatik moddalar ishlab chiqarishda, texnik spirtlar, neftь va sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xam keng qo‘llaniladi hamda aralashmalarni dag‘al ajratishda qo‘llaniladi. Murakkkab aralashmalarni ajratishda va aralashmalarni to‘liq ajratish rektifikasiya jarayonidan foydalaniladi. Xaydash va rektifikasiya jarayonlari bir xil temperaturada aralashma komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, past uchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga qaraganda pastroq temperaturada qaynaydi. Shuning uchun ham, ular past va yuqori temperaturada qaynaydigan komponentlar deb ataladi.Xaydash yoki rektifikasiya jarayonida boshlang‘ich aralashma yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan ►distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan ►kub qoldig‘iga ajraladi. Xaydash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘ kondensator - deflegmatorga kondensasiyalash natijasida distillyat olinadi. Qurilma kubida esa - kub qoldig‘i qoladi.Agar boshlang‘ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo‘lsa, bunda bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Xaydash yo‘li bilan esa komponentlar turli uchuvchanlikka ega bo‘lgan xolda xam suyuq aralashmalarni ajratish mumkin. Xaydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil xaroratda aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo‘lishiga asoslangan.Bug‘ fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan xaydashning ikkita prinsipial usuli bor: 1) oddiy xaydash (distilyasiya); 2) murakkab xaydash (rektifikasiya).Aralashma komponentlargoshng uchuvchanligi o‘rtasidagi farq ancha katta bo‘lsa, bunda oddiy xaydash usulidan foydalaniladi. Oddiy xaydash paytida suyuqlik qisman bir marta bug‘lanadi. Odatda bu usul suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish xamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo‘shimchalardan tozalash uchun ishlatiladi.Suyuq aralashmalarni komponentlarga to‘la ajratish uchun rektifikasiya usulidan foydalaniladi. Rektifikasiyalash jarayoni aralashmani bug‘latishda ajralgan bug‘ va bug‘ning kondensasiyalanishi natijasida xosil bo‘lgan suyuqlik o‘rtasida ko‘p marotabalik kontakt paytidagi modda almashinishga asoslangan.Suyuq aralashmalarni rektifikaiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib boriladi, bunda bug‘ va suyuqlik fazalari o‘rtasida uzluksiz va ko‘p kontakt yuz beradi. Fazalar o‘rtasida modda almashinish jarayoni yuz beradi. Suyuq fazadan yengil uchuvchan komponent bug‘ tarkibiga o‘tadi, bug‘ fazadagi uchuvchan komponent esa suyuqlikka o‘tadi. Rektifikasion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug‘ asosan yengil uchuvchan komponentdan iborat bo‘lib, u kondensasiyaga uchragandan so‘ng ikki qismga ajraladi. Kondensatning birinchi qismini distillyat yoki rektifikat (yuqori maxsulot) deb ataladi. Kondensatni ikkinchi qismi esa qurilmaga qaytariladi va u flegma deyiladi. Flegma pastdan ko‘tarilayotgan bug‘ bilan uchrashadi;- Kolonnaning pastki qismidan, asosan, qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan qoldiq uzluksiz ravishda chiqarilib turiladi.Aralashma komponentlarining qaynash xaroratlari bir - biriga yaqin bo‘lsa bunday aralashmalarni ajratish ancha murakkab xisoblanadi. Bunday xollarda xaydashning maxsus usullari: ekstraktiv rektifikasiya, azeotrop rektifikasiya, molekulyar distillash va past xaroratli rektifikasiya jarayonlaridan foydalaniladi.Eng oddiy aralashma 2 ta komponentdan tarkib topgan bo‘ladi va u binar aralashma deb ataladi. Binar aralashmaning erkinlik daraja soni quyidagiga teng: bu yerda: K - komponentlar soni; F - fazalar soni.Sistema holatini uchta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan parametr belgilaydi: bosim r, temperatura t va konsentrasiya x. Agar, istalgan ikkita parametr tanlansa, uchinchisini aniqlash qiyin emas. Demak, muvozanat chizig‘ini istalgan ikkita o‘zgaruvchi parametr orqali ifodalash mumkin, yaьni r va x, t va x, r va t, x va u.Maьlumki, suyuqlik aralashmalari o‘zlarining fizik-kimyoviy xarakteristikalari bo‘yicha katta farq qiladi.Komponentlarning o‘zaro erishiga qarab, binar aralashmalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:- komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar;- komponentlari o‘zaro erimaydigan aralashmalar;- komponentlari qisman eruvchan aralashmalar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling