Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar
Download 0.56 Mb.
|
атж
Yuzali absorberlar. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarning suyuqlik xajmida yutilishida ishlatiladi. Bunday qurilmalarda xarakatsiz va juda sekin xarakatlanayotgan suyuqlik yuzasidan gaz o‘tadi. Absorberda gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi kichik bo‘lgani uchun, bir necha qurilma ketma - ket ulanadi, gaz bilan suyuqlik esa bir - biriga qarab qarama-qarshi yo‘nalishda xarakat qiladi. Absorberda suyuqlik bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga o‘z -o‘zicha oqib tushishi uchun keyingisi oldingisiga nisbatan pastroq qilib o‘rnatiladi. Absorbsiya jarayonida xosil bo‘lgan issiqlikni ajratib olish uchun qurilmaning ichiga suv bilan sovituvchi zmeyeviklar o‘rnatiladi.Bunday qurilmalarning afzaliklarn. tuzilishi sodda, absorbsiya jarayoni nisbatan bir meoyorda boradi.Kamchiliklari: ish unumdorligi nisbatan kam, absorbsiya paytida xosil bo‘ladigan issiqlikni ajratib olish qiyin.Yupqa qatlamli absorberlar. Bu qurilmalarning tuzilishi yuzali absorberlarga nisbatan ixcham, samaradorligi yuqori bo‘lgani uchun ko‘proq ishlatiladi. Bu absorberlar quyidagi turlarga bo‘linadi: trubali, plastinali, ko‘tariladigan suyuqlik yupqa qatlamli.Trubali absorber. Bu qurilmaning tuzilishi qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasiga o‘xshash. Absorbent qurilmaning yuqori qismidagi truba to‘siqlari orqali trubalarga maxsus taqsimlagich vositasi yordamida bir meoyorda taqsimlanib, trubaning "balandligi bo‘ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami xolda pastga xarakat qiladi. Gaz esa trubaning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam xolida oqib kelayotgan suyuqlikka qarama-qarshi yo‘nalishda xarakat qiladi. Suyuqlikka yutilgan gaz qurilmaning pastki qismidagi shtuser orqali ajratib olinadi. Xosil bo‘lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar orasidagi bo‘shliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi. Trubali absorberda gaz bilan suyuqlik o‘rtasidagi kontakt yupqa qatlamda (plyonkada) yuz beradi.Ko‘tariladigan suyuq.yaik yupqa qatlamli absorber. Bu qurilma truba to‘siqlarga o‘rnatilgan bir necha trubalar va kameralardan iborat. Gaz kameradan patrubka orqali trubalarga, absorbent esa teshiklar orqali trubalarga beriladi. Qurilmada gaz bilan absorbent bir yo‘nalishda yuqoriga qarab xarakat qiladi. Trubalardan chiqqan suyuqlik va tozalangan gaz qurilmaning yuqori qismidagi shtuserlar orqali tashqariga chiqib ketadi. Gazning xarakat tezligi (30-40 m/s) katta bo‘lgani uchun modda o‘tkazish koeffisiyentining miqdori xam katta, ammo qurilmada gidravlik qarshilik nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.Nasadkali absorberlar. Bunday qurilmalar eng ko‘p tarqalgan yuzali absorberlar katoriga kiradi. Xar xil shaklli va o‘lchami 12-150 mm bo‘lgan qattiq jismlar, yaoni nasadkalar bilan to‘ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi.Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o‘tadigan tayanch to‘rlarga o‘rnatiladi. Qurilmaning ichki bo‘shliьi nasadka bilan to‘ldirilgan bo‘ladi yoki xar birining balandligi 1,5 - 3 m bo‘lgan qatlamlar xolatida joylashtiriladi. Gaz to‘rning tagiga beriladi, so‘ngra nasadka qatlamidan o‘tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o‘tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir xilda sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt esa nasadkalar yordamida xosil qilinadi.Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi.Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko‘ndalang kesim bo‘yicha bir meoyorda taqsimlash juda qiyin, shu iborat bo‘lib, uning yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligim 25-30 mm bo‘ladi. Elaksimon tarelkalarning tuzilishi sodda, montaj qilish, tuzatishva kuzatib turish oson, xamda p.dravlik qarshiligi juda kichik. Tarelkalarning teshiklari ifloslanadi va cho‘kindilar taosirida tez berkilib qoladi.Qalpoqcha tarelkali absorberlar> Bunday absorberlar boshqa turdagi absorberlarga qaraganda, gaz aralashmalari iflos bo‘lganda xam uzoq muddatda barqaror ishlaydi. Gaz tarelkalarga patrubkalar orqali kirib, bir necha aloxida oqim xolida qalpoqlarning tegishli bo‘ylab taksimlanadi. Qalpoqchalarning teshiklari tishli bo‘ladi va ular to‘ьri burchakli uchburchak shaklida tayyorlanadi. Keyin " esa gaz kuyish qurilmasi orqali bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilayotgan suyuqlik qatlamidan o‘tadi. Suyuqlik qatlamlaridagi xarakat davomida baozi mayda oqimchalarning bir qismi bo‘linib ketadi, gaz esasuyuqlikda pufakchalar xolida taksimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz ko‘piklari va pufakchalarning xosil bo‘lish samaradorligi gaz xarakatining tbzligiga va qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o‘lchamiga boьliq.Qalpoqchalar dumoloq va tunnel shaklida tayyorlanadi. Tarelkaning ustida dumoloq qalpoqchalar joylashtirilganda ularning qadami qalpoqcha diametridan 1,3 —1,9 marotaba katta qilib olinadi.Qalpoqchali tarelkalar quyilish trubasining joylanishi va suyuqlikning tarelkaning ustidagi xarakat yo‘nalishi bo‘yicha xam bir-biridan farq qiladi.Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo‘lganda xam barqaror ishlaydi. Kamchiliklari: onstruksiyasi murakkab, ' gidravlik qarshiligi katta, tozalash qiyin, qimmat turadi, berilayotgan gaz miqdori kam bo‘lganda yomon ishlaydi.Plastinali tarelkalarda fazalar yuqorigi tarelkalarga nisbatan bir tomonlama yo‘nalishda xarakat qiladi. Xar bir poьona to‘ьri yo‘nalishda ishlagani gaz va suyuqlikning sarfini birdan oshirish mumkin. Butun kolonna esa fazalarning qarama-qarshi yo‘nalishida ishlaydi. Plastinali tarelka kolonnada suyuqlik yuqorigi tarelkadan gidravlik zarvorga tushib, quyish to‘siqlari orqali oьma shaklda joylashgan qator plastinalardan tashkil topgan tarelkaga tushadi va teshikdan katta tezlikda chiqib kelayotgan gaz bilan to‘qnashadi.Plastinali tarelkalarning gidravlik qarshiligi kam, uni tayyorlash uchun kam metall sarflanadi, loyqalangan suyuqliklarda xam ishlashi mumkin.Kamchiligi: tarelkaga issiqlik berish va xosil bo‘lgan issiqlikni olib ketish qiyin, suyuqlik sarfi kam bo‘lganligi sababli uning ish samaradorligikam.Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar. Bu absorberlarda fazalarni o‘zaro jips kontakti suyuqlikni gaz oqimiga sochib yoki yoyib berish usuli orqali amalga oshiriladi. Gaz bilan suyuqlik bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Ichi bo‘sh sochib beruvchi absorberlar vertikal kolonnadan iborat bo‘lib, yuqori qismiga suyuqlikni sochib beruvchi maxsus forsunkalar o‘rnatiladi (4.2 - rasm). Sochib beruvchi absorberlarda forsunkalardan suyuqlik uzoqlashib, tomchilarga aylanishi natijasida xajmiy modda o‘tkazish koeffisiyentining qiymati birdan kamayadi. Shu sababli bu qurilmalarda forsunkalar maolum masofada qurilmaning balandligi bo‘yicha bir necha qator qilib o‘rnatiladi. Forsunkali absorberlarda gazning tezligi odatda 1-1,5 m/s ga teng bo‘ladi.Sochib beruvchi ichi bo‘sh absorberlarning tuzilishi sodda, gidravlik qarshiligi kam, iflosroq gaz aralashmalarini xam tozalash mumkin, boshqarish, tuzatish va tozalash oson. Kamchiliklari: bu qurilmalarning effektivligi yuqori emas, suyuqlikni sochib berish uchun ko‘p energiya sarflanadi, loyqalangan suyuqliklar bilan ishlash fazalarning kontakt yuzasini oshirish uchun ko‘proq suyuqlik sarflanadi, suyuqlik tomchilari kolonnadan chiqib ketmasligi uchun gaz tezligining miqdori kichik qiymatga ega.
4.2-rasm. Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling