Quritish jarayonlari xaqida umumiy tushunchalar
FLEGMA SONI Xaqiqiy flegma sonini
Download 0.56 Mb.
|
атж
FLEGMA SONI Xaqiqiy flegma sonini tanlash o‘ta murakkab masaladir, chunki uning miqdoriga qarab rektifikasion kolonna o‘lchamlari va issiqlik eltkichlar sarfi o‘zgaradi. Kolonnalarni ishlatish uchun zarur sarflar va kapital harajatlar, hamda energetik sarflar flegma soniga bog‘liq.haqiqiy flegma sonining rektifikasiya jarayoni sarflariga bog‘liqligi tasvirlangan.Ko‘rinib turibdiki, flegma soni ortishi bilani ekspluatasion sarflar proporsional ravishda ortadi. Kapital sarflarning flegma soniga bog‘liqligi kolonna diametri va balandligiga teskari proporsionalligi bilan ifodalanadi. Flegma sonining ma’lum bir qiymatiga kapital sarflarning minimal kattaligi to‘g‘ri keladi. Umumiy sarflar va flegma soni orasidagi bog‘liqlik ham minimum nuqtasi bilan xarakterlanadi. Bu nuqtaga mos R haqiqiy flegma sonining optimal qiymatiga teng bo‘ladi.xaqiqiy flegma sonini quyidagi formulada hisoblash mumkin: bu yerda R - flegma ortiqchaligini ifodalovchi koeffisiyent. Ko‘pchilik hollarda ushbu koeffisiyent quyidagi oralikda bo‘ladi - = 1,041,5.
Rektifikasion kolonnalarning turlari, tuzilishi va ish prinsipi.Rektifikasiya jarayonini amalga oshirish uchun xar xil qurilmalar ishlatiladi. Bu qurilmalar asosiy kontakt qurilmalarining tuzilishi bo‘yicha tegishli absorberlardan farq qilmaydi. Rektifikasion qurilmalarda asosan ikki tipdagi qurilmalar ishlatiladi: 1) pog‘onali kontakt qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka)ga ko‘ra absorbsion kolonnalarga o‘xshash bo‘ladi. Bundan tashqari, vakuum ostida rektifikasiya qilish uchun plyonkali va rotorli kolonnalar xam ishlatiladi. Rektifikasion kolonnalarni xisoblash xam bir xil tipdagi absorbsion qurilmalarni xisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna aloxida xisoblanadi, so‘ngra rektifikasion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi.Rektifikasion kolonnalar (absorberlardan farqli) qo‘shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatkich, xaydash kubi, deflegmator, kondensator, sovutgich) bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bundan tashqari atrof muxitga tarqaladigan issiqlikning yo‘qotilishini kamaytirish uchun rektifikasion kolonnalar issiqlik izolyasiyasi bilan koplanadi.Rektifikasiya qurilmalarida asosan nasadkali va tarelkali kolonnalar keng ishlatiladi.Rektifikasiya kolonnalar, qo‘shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, xaydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitkich) bilan ta’minlagan bo‘ladi. Bundan tashqari tashqi muxitga tarqalayotgan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun; rektifikasiya kolonnalar izolyasiya qatlami bilan qoplangan bo‘ladi.Qaynatgich kolonnadan tushayotgan suyuqlikning bir qismini bug‘ga aylantirish va bug‘ni kolonnaning pastki qismiga uzatib berish uchun xizmat qiladi. Qaynatgichlar qurilmaning pastki qismiga kiritilgan. yoki aloxida ajratib chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Qaynatgichlar ko‘pincha to‘yingan suv bug‘i bilan isitiladi. Aloxida ajratib va kolonnadayoq bir oz pastda joylashtirilgan qaynatgichlar ta’mirlash va qayta almashtirish uchun eng kulaydir.Deflegmator bug‘ni kondensasiyalash va xosil bo‘lgan kondensatni bir qismini kolonnaga qaytarib berish uchun xizmat qiladi. Deflegmator sifatida odatda g‘ilofsimon trubali issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘pincha trubalarning oralig‘idagi bo‘shlikda bug‘lar kondensasiyalanadi, trubalarning ychida esa sovutuvchi agent (suv) xarakat qiladi. Bug‘lar deflegmatorda qisman va to‘la kondensasiyalanishi mumkin.Bug‘lar qisman kondensatlanganda deflegmator kolonnadan tashqarida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kolonnaning ustiga joylashtiriladi. Bug‘lar to‘la kondensatlanganda esa deflegmator kolonnaning yuqorisiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kolonnaning tepasiga yoki kolonnaning yuqorigi qismidan pastroq vaziyatda joylashtirilishi mumkin. Oxirgi usul qo‘llanilganda qurilmaning umumiy balandligi kamayadi, biroq bunda flegma kolonnaga nasos yordamida beriladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling