Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet157/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Haqiqatan, Biz Nuhni: "Qavmingni ularga alamli azob kelmay turib ogohlantirgin", - deb o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik.


  1. U dedi: "Ey, qavmim, albatta, men sizlarga (yuborilgan) aniq ogohlantiruvchidirman.


  1. Allohga ibodat qilinglar, Undan qo'rqinglar va menga itoat etinglar,


  1. (shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan o'tar va sizlarni belgilangan muddatgacha (ajalingiz yetgunicha tirik) qoldirar. Agar biluvchi bo'lsangizlar, Allohning muddati kelganda, aslo kechga qoldirilmas".


  1. (U) dedi: "Ey, Rabbim, men qavmimni kecha-yu kunduz (imonga) da'vat etdim.


  1. (Ammo) mening da'vatim ularga faqat (imondan) qochishni ziyoda qildi, xolos.


  1. Darvoqe, har gal men ularni Sening mag'firatingga (din yo'liga) da'vat etsam, ular (eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga o'ralib oladilar va (o'z kufrlarida) qattiq turib oladilar hamda (menga itoat etishga) kibr qiladilar.


  1. So'ngra men ularni oshkora da'vat etdim.


  1. So'ngra men ularga (o'z da'vatimni) (ochiq) e'lon ham qildim, pinhona qilib ham aytdim.


  1. Bas, dedimki: - Rabbingiz (Alloh)dan mag'firat so'rangizlar, albatta, U o'ta kechirimli zotdir.


  1. (Shunda U) ustilaringizga osmondan yomg'ir yog'dirur,


  1. sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog'lar (ato) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur.


  1. Nega sizlar Allohni ulug'lashni (ibodat qilishni) o'ylamaysizlar?!


  1. Holbuki, U sizlarni bosqichma-bosqich yaratgan bo'lsa?!


  1. Ko'rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratdi.


  1. Oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo'ydi.

Izoh: Tafsirlarda yozilishicha, oy birinchi, quyosh esa to'rtinchi osmonlarda nur va ziyo taratib turadilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan qilingan rivoyatda aytilishicha, oy ham, quyosh ham yuz (old) tomonlari osmonlarga, orqa tomonlari yerga qarab turar emish. Vallohu a'lam (Madorik tafsiri).

  1. Alloh sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi).


  1. So'ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana (yerga) qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur.


  1. Alloh yerni sizlar uchun to'shak qildi,


  1. toki undagi keng yo'llarda yurgaysizlar.


  1. Nuh (yana) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) moldunyosi va farzandlari o'ziga faqat ziyonni oshiradigan kimsalarga ergashib ketdilar".


  1. ( Ular) juda katta makr qildilar.


  1. (O'zlariga ergashgan kimsalarga:) "Sizlar o'z ilohlaringizni sira tark etmanglar! "Vad"ni ham, "Suvo'"ni ham, "Yag'us"ni ham, "Ya'uq"ni va "Nasr"ni ham sira tark etmangizlar!" - dedilar.

Izoh: Vad, Suvo', Yag'us, Ya'uq, Nasr - ular siqinadigan ma'buda - sanamlarning nomlaridir.

  1. Darhaqiqat, ular (Nuh qavmining kofirlari) ko'p (kishilar)ni yo'ldan ozdirdilar. "(Ey, Rabbim,) zolimlarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin!" (dedi Nuh).


  1. Ular o'z xato (gunoh)lari sababli g'arq qilinib, (suv balosidan so'ng yana) olovga kiritildilar. Bas, o'zlariga Allohdan o'zga yordam beruvchilarni topmadilar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling